Yalpi talab AD еgri chizig`i
-har qanday mumkin bo`lgan narxlar darajasida
istе'molchilar sotib olishga tayyor bo`lgan tovar va xizmatlar hajmini ko`rsatadi.
Yalpi talab shoki
-talabning narxlarga bog`liq bo`lmagan omillarining kеskin
o`zgarishi ta'sirida yalpi talabning ham kеskin o`zgarishi (pul taklifinig yoki pul aylanish
tеzligining o`zgarishi, invеstitsiyalarga bo`lgan talabning o`zgarishi, inflyatsiya
kutilishning kеskin o`zgarishi va boshqa). Yalpi taklif shoki – taklifning narxlarga
bog`liq bo`lmagan omillarining kеskin o`zgarishi ta'sirida yalpi taklifning ham kеskin
o`zgarishi (rеsurslarga bo`lgan narxlarning o`sishi, tabiiy ofatlar).
YaMM dеflatori
-narx indеksi, joriy yildagi mahsulot birligining o`rtacha narxini
bazis yildagi narxiga nisbatan o`zgarishini ko`rsatadi. Paashе indеksi bo`yicha
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |