Bog'liq 5d73d0fbdcdf629f3a85bf72d2ad9076dbb12070 (2)
4 . Ishtirokchining huquq va majburiyatlari . 4 .1. Ishtirokchining huquqlari quyidagilar: a) xabarnoma joylashtirilgan paytdan boshlab mol-mulkni oldindan ko‘rish (ko‘zdan kechirish);
b) elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish uchun Davlat xizmatlari agentligi yoki operatordan
elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini olish;
d) buyurtma qabul qilishning oxirgi muddatidan kechiktirmasdan ERI bilan imzolangan
bildirishnomani “Operator”ga yuborish orqali elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga buyurtmani
o‘zgartirish yoki chaqirib olish;
e) o‘tkazilgan elektron onlayn-auksion savdolar natijasi haqida o‘ziga tegishli ma’lumotlarni olish;
f) auksion obyekti realizatsiya qilinishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha axborot va maslahat
xizmatlarini olish;
g) auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabar e’lon qilingan paytdan boshlab auksion jarayoni yakuniga
qadar obyektni sotib olish bo‘yicha auksion qadamiga bog‘lanmagan o‘z narx taklifini kiritish.