- 56 -
va Peterburg fonologiya maktablari nazariyalarini tashkil etadi. Moskva fonologiya
maktabining vakillari mashhur rus tilshunoslari – A.A. Reformatskiy (1900-1978),
P.S. Kuznetsov (1899-1968), V.N. Sidorov, R.I. Avanesov, M.V. Panov, A.M.
Suxotin va boshqalardir. Peterburg fonologiya maktabining vakillari taniqli rus til-
shunoslari – L.V. Zinder, M.I. Matusevich, A.N. Gvozdev, V.I. Litkin, Yu.S.
Maslov va boshqalardir.
Moskva va Peterburg fonologiya maktablarining ilmiy qarashlaridagi aso-
siy farqlanishlarni ko'rsatib o'tamiz. Moskva fonologiya maktabi fonemaga ta'rif
berishida
morfema tushunchasiga, ya'ni tilning eng kichik ma'nodor birligiga
suyanadi. Bunda morfemalardagi tovush almashuvida ishtirok etuvchi tovushlar
bir fonemaga birlashtiriladi. Masalan, вода (vada), воды (vodы), na воду (na
vъdu) morfemalaridagi /o/a/'/ tovush almashinuvi bir /o/ fonemasining variant-
lari hisoblanadi.
Peterburg fonologiya maktabi fonemaga ta'rif berishda so'z
shakli
tushunchasidan kelib chiqadi va yuqorida keltirilgan misoldagi /o/, /a/, /ъ/
tovushlarining har birini alohida fonemaning vakili sifatida qaraydi. Bu ikki qa-
rash o'rtasidagi tafovutlar yana kuchli va kuchsiz pozitsiyalar munosabatida,
fonemalar almashuvi, fonologik neytralizatsiya va boshqa masalalarda ko'rina-
di.
1
Har ikki fonologiya maktabining nazariya va metodlari ko'pchilik tillarning
fonemalar sistemasini ilmiy tadqiq etishda muvafaqqiyat bilan qo'llanib kel-
moqda.
4.
Rossiya olimi S.I. Bernshteyn tomonidan taklif etilgan fonologiya naz-
ariyasi alohida qarashlari bilan ajralib turadi va u aniq tillarni tadqiq etishda juda
kam qo'llangan. Turkiy tillar fonetika va fonologiyasini yoritishda I.A. Boduen
de Kurtene va L.V. Shcherba traditsiyalariga asoslangan nazariya va metodlarni
mashhur turkolog olimlar V.V. Radlov (1837-1918), V.A. Bogoroditskiy (1857-
1
Moskva fonologiya maktabi nazariyasi A
.
A
.
Reformatskiyning
"Из истории отечественной фоноло-
гии. Очерк, Хрестоматия"
kitobida
(
M
., "Наука", 1970),
Peterburg fonologiya
maktabi nazariyasi
L
.
R
.
Zinderning
"Общая фонетика" (
2 издание, М,
, 1979)
va L
.
L
.
Bulaninning
"
Фонетика современ-
ного русского языка
" (
M
., 1970)
asarlarida batafsil yoritilgan
.
- 57 -
1941), YE.D. Polivanov (1891-1938), N.K. Dmitriyev (1898-1954), S.YE.
Malov (1880-1957) kabilar rivojlantirdilar.
O'zbek tili va shevalarini o'rganishda katta xizmat qilgan yirik rus olimi
YE.D. Polivanov ham Boduen de Kurtenening talantli shogirdlaridan biri edi.
YE.D. Polivanov alohida fonologiya nazariyasini yaratmagan bo'lsa ham ustozi-
ning fonemaga psixologik va morfologik qarashlarini ko'proq funksional jihat-
dan asoslashga urundi va ularni turkiy tillari hamda boshqa ko'pgina
tillar
misolida izohlab berdi. “Fonema” termini va tushunchasini turkologiyaga bi-
rinchi marta 1920 yillarda taniqli olim N.K. Dmitriyev kiritgan
1
bo'lsa, uni
o'zbek tilshunosligida birinchi bor o'sha yillarda prof. YE.D. Polivanov qo'llag-
an.
Chet el tilshunosligida keng tarqalgan fonologiya
nazariyalari quyidagi-
lardir:
Do'stlaringiz bilan baham: