Tilshunoslik fanining mavzusi va vazifalari
Tilshunoslik (grekcha lingua – til, tikos – fan so'zlaridan “lingvistika”), mu-
rakkab va ko'p qirrali, boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog'liq bo'lgan tilni
ilmiy va amaliy o'rganuvchi fandir.
Til inson va halqsiz, binobarin, jamiyatsiz bo'lmaydi. Til jamiyat uchun
hizmat qiladi va uning a'zolari muloqot qilishini ta'minlaydi.
Til jamiyat tarixidan darak beruvchi buyuk vosita bo'lib, insonning
ma'naviy va ma'rifiy shakllanishi va rivojlanishi uchun zarurdir. Til, inson va
jamiyat bir – birisiz bo'lmaydi. Til inson tafakkuri, ruhiyati, madaniyati, urf –
odati va shahsiy hususiyatlari bilan bog'liqdir. Tilshunoslik fani umumiy va hu-
susiy bo'lishi mumkin. Umumiy tilshunoslik jahon tillaridagi fonetik, fonologik,
Grammatik (morfologik va sintaktik), leksik –semantik, stilistik jihatlarini ilmiy
o'ranadi. Bu alomatlarning aniq bir tildagi izohini hususiy tilshunoslik o'rganadi
(Masalan, o'zbek tili, yoki boshqa tillardagi izohi).
Mazkur kitob umumiy tilshunoslikni o'rganishdan avval dastlabki til bilim-
iga tegishli bo'lgan tilshunoslik debochasi, ya'ni tilshunoslikka kirish hisobla-
nadi. Bu “tilshunoslik fanining alifbosi” turli tillarni amaliy o'rganuvchi va ilmiy
tadqiq etuvchilar uchun zarurdir.
Tilshunoslik fanining mavzusi tildir. Tilni har tomonlama chuqur o'rganish
nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Shu sababli tilshunoslikni faqat nazariy
fan deb emas, balki tatbiqiy (ingliz. Applied, rus. Прикладная) va amaliyot
uchuk kerakli, ya'ni insonlar muloqoti uchun zarur fan sifatida qaramoq darkor.
Tilshunoslik fanining asosiy vazifalari quyidagilardir:
-
tilning yozuvi va imlo qoidalarini ishlab chiqishning nazariy va ama-
liy asoslsrinin ko'rsatib berish;
-
tilning talaffuz meyorlarini belgilashning nazariy va amaliy asoslarini
ishlab chiqish;
- 9 -
-
tilning fonetika va fonologiyasi, morfologiya va sintaksisi, leksika va
semantikasi (so'zlarning yasalishi va ma'nolari), stilistikasini o'rgan-
ish asoslarini belgilab berish;
-
til va jamiyat, til va tafakkur, til va madaniyat, til va psixologiya, til
va semiotika (ramziy belgilarni o'rganuvchi fan, lotincha – semi –
белги, ишора – tikos –fan) kabi tilga bog'liq masalalarni tadqiq qi-
lish;
-
tilning nutq va nutq faoliyati bilan munosabatini o'rganish;
-
tarihiy yozma manba'larni ilmiy o'rganish asoslarini ishlab chiqish;
-
eng qadimiy til, proto til (“bobo til”) va uning boshqa tillar va she-
valarga munosabatini o'rganish;
-
tilning hozirgi (uni “sinxroniya” deyiladi) holati bilan tarihiy
rivojlanish bosqichlarini (uni “diaxroniya” deyiladi) ilmiy tadqiq qi-
lish;
-
qadimiy yozuvlarni o’rganish yo’li bilan eng qadimiy tillarni tiklash
yoki ulardagi turli alomatlarni aniqlash.
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, tilshunoslik fani avvalo nazariy va ikkinchi
navbatda tatbiqiy – amaliy fandir. Bu fanning aniq chegarasi yo’q, u ko’p qam-
rovli, ko’p qirrali va har tomonlama boshqa fanlar va ularning sohalari bilan
bog’liq bo’lgan fandir. Tilning o’zi esa juda murakkab ijtimoiy hodisa bo’lib, u
belgilar tizimi sifatida insonlarning muloqot vositasi bo’lib xizmat qiladi. Bu
o’rinda til va nutqni farqlash zarur bo’ladi. Nutq – bu tilning va undagi bel-
gilarning barcha qo’llanish holatlarini qamrab oladi. Yozma shaklda o’qib berish
uchun tayyorlangan roman, qissa, hikoya va h.k. nutqqa tegishlidir. Lekin
ulardagi, ya’ni nutqda doimiy qo’llanuvchi va ustuvor bo’lib qolgan jamiyat
a’zolari tomonidan e’tirof etilib qabul qilingan nutqdagi unsurlar, majmuyi til
deb yuritiladi. Til – jamiyatimiz a’zolarining buyuk vositasi bo’lsa, nutq – bu
vositaning qo’llanishidir. Yozilgan yoki aytilgan nutqning bo’lagi matn deb
yuritiladi. Yozma nutq va og’zaki nutq farqlanganidek, yozma matn va og’zaki
- 10 -
(monolog, dialog kabi) matn ham farqlanadi. Tildagi jamiyat a’zolari tomonidan
qabul qilingan ustivor bo’lgan hususiyatlar davr o’tishi bilan turli o’zgarishlarga
duchor bo’lishi mumkin. Tildagi o’zgarishlar va tilning rivojlanishi murakkab
muammolarni keltirib chiqaradi.Tildagi muammo va masalalarni sinxroniya va
diaxroniyada (ya’ni hozirgi va tarihiy holati) ilmiy tadqiq etish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |