minimal juftlikdagi so'zlar
yoki
kvaziomonimlar
deyiladi.
Fonemaga tegishli barcha artikulyatsion-akustik belgilar uning
fonetik
xarakteristikasi
deyiladi. Masalan, /p/ – fonemasining fonetik xarakteristikasi
uning lab-lab, portlovchi, jarangsiz belgilarini o'z ichiga oladi. Fonologiya jihat-
dan fonemalar bir-biriga qarama-qarshi qo'yiladi (p-t, s-sh, x-k, a-o, u-i kabi).
Bunday fonemalarni bir-biriga qarama-qarshi qo'yilishi
fonologik oppozitsiya
deyiladi. Fonologik oppozitsiya yordamida fonemalarni bir-biridan farqlash
uchun xizmat qiluvchi artikulyatsion-akustik belgilar
fonologik
yoki
farqlash
alomatlari
deyiladi. Masalan, (p-t) oppozitsiyasida lab-til oldi artikulatsiyasi
fonologik jihatdan ahamiyatlidir. (p-t) oppozitsiyasidagi unlilarning har ikki
a'zosi ham portlovchi va jarangsiz ekanligini fonologik bo'lmagan yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |