Fraza urg'usi frazalarning ulashni fonetik
vositasi hisoblanadi. Nutqning fonetik bo'linishida ko'rsatib o'tilganidek, fraza
bir urg'uga ega bo'lgan boshqa mayda bo'laklarga bo'linadi. Bu bo'laklarni
tak- tlar deb atagan edik. Odatda o'zbek va rus tillarida fraza urg'usi nutq taktlarining
oxirgi qismiga tushadi. Uch turdagi fraza urg'usi farqlanadi: odatiy
fraza urg'u- si ,
mantiqiy va
emfatik urg'u . Nutqning mazmuni jihatdan frazaning biror qis-
mini alohida ajratib ko'rsatish uchun xizmat qiluvchi prosodik vosita
mantiqiy urg'u deyiladi. Masalan: U –
vrach , rafiqasi esa,
o'qituvchi . Bu – juda
qiziq kitob.
1
Nutq melodiyasi bilan musiqa melodiyasi o'rtasida ma'lum munosabat mavjud. Ashulada
ular bir-biriga jo'r bo'ladi. «Melodiya» tushunchasi o'zbekcha «ohang» tushunchasiga to'g'ri
keladi.
- 37 -
Frazadagi biror so'zni emotsional - ekspressiv jihatdan ajratib ko'rsatuvchi
prosodik vosita