O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/192
Sana18.02.2022
Hajmi1,95 Mb.
#453343
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   192
 AKKOMODATSIYA 
 
Akkomodatsiya 
(lotincha 
accomadatio
– moslashuv) keng tarqalgan 
fonetik hodisalardan biri bo'lib, talaffuz iqtisodi bilan uzviy bog'liqdir. Akko-
modatsiya uch turli bo'ladi. Keyingi tovushning ekskursiyasi o'zidan oldin kel-
gan tovushning rekursiyasiga moslashsa, 
progressiv akkomodatsiya 
deyiladi. 
Aksincha, agar oldingi tovushning rekursiyasi keyingi tovushning ekskursiya-
siga moslashsa, regressiv 
assimilatsiya 
deb ataladi. Qo'shni kelgan tovushlarn-
ing bir-biriga ta'siri natijasida ularning artikulatsiyasi moslashuvi 
o'zaro 
akkomodatsiya 
deyiladi. Akkomodatsiya unlilarning undoshlarga va un-
doshlarning unlilarga moslashuvida ro'y berishi mumkin. O'zbek tilida chuqur til 
orqa (uvulyar) undoshlardan (x, g', q) keyin til oldi unlilari /i, e, a/ til orqa unli-
lari bo'lib talaffuz etiladi, ya'ni ularning talaffuzi moslashadi. Aksincha, til orqa 
unlilari (u, o', o) til oldi undoshlaridan keyin til oldi unlilari bo'lib artikulatsiya 
1
Мартине А. Основы общей лингвистики. Новое в лингвистике. Вып. III. М., 1963, стр. 
536. 
2
Серебренников Б.А. Вероятностные обоснования в компоративистике. М., Наука, 1974, 
с. 62.


- 42 - 
qilinadi. O'zbek tilidagi bu xususiyat progressiv akkomodasiyaga misol bo'la 
oladi. Unli tovushlar burun undoshlaridan oldin nazalizatsiya qilinishi regressiv 
akkomodasiyaga misoldir: 
kon, tong, tom 
kabi. Non, nom, ming so'zlarida bir 
yo'la progressiv va regressiv akkomodatsiya kuzatiladi, chunki ikki burun un-
doshi orasidagi unli nazalizatsiya qilinadi. 
Rus, mordva, chuvash, nenes va fransuz tillarida til oldi unlilaridan oldin 
undoshlar palatalizatsiya qilinadi
1
, ya'ni regressiv akkomodatsiyaga uchraydi. 
Ba'zi tillarda esa, til orqa unlilaridan keyin undoshlar velyarizasiya qilinadi, 
ya'ni tilning orqa qismi orqaga yoki yumshoq tanglayga tomon yo'naladi va un-
doshning ton va shovqini pasayib qattiq talaffuz etiladi. Undoshlarning 
lablangan unlilar bilan birikuvi natijasida labаlizatsiya hodisasi ro'y beradi. 
Ba'zan esa, velyar va lab undoshlari til orqa lablangan unlilari bilan birikishi na-
tijasida labio-velyarizatsiya hosil bo'ladi. Bu hodisalar ham akkomodatsiyaning 
turlari hisoblanadi. O'zbek tilidagi qurt, bolta, qarta, mingta, kamchil so'zlaridagi 
undosh birikmalarning har ikki elementi bir-biriga ta'sir qilib, jarangsiz un-
doshlar sonorlarni qisman jarangsizlashtiradi va o'z navbatida, sonorlar ham ja-
rangsiz undoshlarda ovoz tonini kuchaytirib, shovqinni pasaytiradi. Bu hodisa 
o'zaro akkomodatsiyaga misoldir. 
Akkomodatsiya tovushlarning hosil bo'lishi o'rni va usuli, labning holati 
va tovush paychalarining tebranishi va yaxshi tebranmasligiga ko'ra moslashuv 
orqali amalga oshiriladi. Nutqdagi barcha tovushlar bir-biri bilan artikulatsiya 
fazalari orqali bog'lanadi va bu artikulatsiya strukturasini tashkil etadi. 
Tovushlar o'rtasidagi bog'lanishning artikulatsiya strukturasini chuqur o'rganish 
yordamida fonetik hodisalar oydinlashadi. 

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish