24
Momiq-momiq oqliqdan ko‘zlarimni ochdim.
Tong to‘rkadi.
Dunyo tagi oqarib-oqarib kela berdi.
25
G‘o‘zalarim shonaga o‘tirdi.
G‘o‘zalarim bitta-bittadan shonaladi. Azonshomda bir shona tugdi.
Namozshomda bir shona tugdi.
Shunda, oqtuproq dalam suvsadi.
Oqtuproq g‘o‘zalarim salqinda tirildi, oftobda so‘lidi.
Ich-ichimdan qirindi o‘tdi. Dardim ichimda bo‘ldi. Tishim tishimda bo‘ldi. Shona vaqti dala
suvsasa yomon — haminqadar yomon!
Suv taralsa — g‘o‘za gurillab-gurillab o‘sadi. G‘o‘za g‘ovlab-g‘ovlab o‘sadi.
Suv tarab bo‘lmaydi — shonaga o‘tirmish g‘o‘za shonalamay qo‘yadi. G‘o‘za shonadan qoladi.
Men endi suv tarash tugul dala oralamadim.
G‘o‘zaga o‘ngir tegsa bo‘ldi — endi tag olmish shona lip etib uchib tushadi. G‘o‘za bir silkinsa
bo‘ldi — endi uch bermish shona jalb etib uchib tushadi.
Bir tup g‘o‘zadan ikkita shona to‘kilsa — bir gektar daladan ikki yuz kilo hosil kamayadi!
Do'stlaringiz bilan baham: |