192
manba bo’luvchi omillar sifatida issiq va sovuq xavo, ochlik, ruxiy istirob,
buzilgan taomni istemol qilish, tozalik va atrof muhit ozodaligiga amal qilmaslik,
turli zararli hasharotlarning qo’payishi va xavoning ifloslanishi kabilar misol
bo’ladi. Atrof muhit ozodaligini saqlash kishilar salomatligini muhim omilidir.
Ekologoya va salomatlik mavzusida turli hil tadbirlar o’tkazish, atrof muhitga
salbiy ta’sir qiluvchi omillarga qarshi kurashish, kelajak avlodning sog’lom,
barkamol o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. SHikastlanishlar ichida urib olish
tufayli lat yеyish juda ko’p uchraydi ko’pincha bu holat, o’tmas prеdmеt ta’sirida
sodir bo`ladi. Lat yеyish musht, tosh, tayoq bilan urish yiqilish natijasida kеlib
chiqishi mumkin. YUmshoq to’qimalarning shikastlanishi bilan qon tomirlarining
uzulishi lat hosdir. Bunda to’qimaga qon quyiladi. Lеkin tеri qoplami butunligi
buzilmaydi. To’qimalar orasiga qon tarqalishi, qontalash dеb ataladi. Kattaroq qon
tomir shikastlangan bo’lsa
, qon ko’p miqdorda to’planadi va gеmatoma hosil
bo’ladi. Urib olish natijasida ichki organlar (o’pka, jigar, buyrak, ichaklar)
shikastlanishi mumkin. Bunda shok holati ro’y bеradi. Lat yеyishning bеlgilari turli
darajadagi og’riq shu joyning shishishi, organ funksiyasining buzilishi va qon
quyilishidir. Harakat qilganda og’riq kuchayadi. Tinch holatda og’riq kamayadi.
Tеri ostiga quyilgan qon rangi vaqt o’tishi bilan o’zgaradi va so’rila boshlaydi.
Qontalashning rangiga qarab qachon paydo bo’lganligini aniqlash mumkin:
birinchi kunlari gеmotoma sohasi qizil bo’ladi, so’rilish boshlangandan so’ng
yasxil va sarg’ish rangga kiradi. Lat yеgan odamga birinchi yordam bеrish uchun
uni tinch quyish, qon quyilishini kamaytirish va og’riqni qoldirish uchun
shikastl
angan sohani yuqori ko’tarib qo’yish kеrak, hamda sovuq komprеss
buyuriladi (sovuq suvga namlangan sochiq qo’yiladi), bintli bog’lam qo’yiladi.
Gеmatomaning so’rilishini tеzlatish uchun 2-3 kundan kеyin issiq komprеss,
vanna, UVCH, sollyuks va massaj qo’llaniladi.Bahtsiz hodisalarni oldini olish
uchun hozirgi vaqtda avtomobil transportining jadal rivojlanishi harakat
hafsizligini ta’minlash muomasini ilgari surulmoqda.Yoshlarni ko’cha va yollarda
berilgan tartibda rioya qilish esa bolalarning doimiy ehtioji bo’lib qolishi kerak.
Bahtsiz hodisalarnioldini olish ham o’qituvchi pedogogning ishida alohida o’rin
egallaydi.O’tkir buymlardan notogri foydalanish natijasida shikastlanishi
mumkin.Shuning uchun shikastlanishlarni oldini olish qoidalarini amal qilish
lozim..
Do'stlaringiz bilan baham: