113
harakatlari amalga oshirishga ichkaridan undovchi barqaror shaxsiy xossasi.
Motivni, shuningdek, umumlashtirilgan ko‗rinishda ko‗pchilik dispozitsiyalarni
ifodalaydigan tushuncha sifatida belgilash mumkin.
Mavjud bo‗lgan dispozitsiyalardan
eng muhimi
ehtiyoj
lar tushunchasi
hisoblanadi. Ehtiyoj deb, inson yoki hayvonning ma‘lum sharoitlarda ularga
normal yashash va rivojlanishi uchun etishmovchilik holatiga aytiladi.
Ehtiyoj
shaxs holati sifatida muntazam ravishda insondagi organizm (shaxs) uchun
etishmovchilik bilan bog‗liq bo‗lgan qoniqmaslik hissi bilan bog‗liq
Inson ehtiyojlarining asosiy xususiyatlariga qondirish kuchi, paydo
bo‗lishining davriyligi va usuli kiradi. SHaxsning ahamiyatli ehtiyoji, uning jisga
bog‗liq mazmuni, ya‘ni, ushbu ehtiyojni qondira oladigan moddiy va ma‘naviy
madaniyat ob‘ektlarining yig‗indisidir.
Ehtiyojdan keyingi motivatsion ahamiyatga ega bo‗lgan tushuncha – bu
maqsad
. Maqsad deb, faoliyat bilan bog‗liq bo‗lgan, dolzarb ehtiyoji qondiruvchi
bevosita anglanuvchi natijaga aytiladi. Psixologik
jihatdan maqsad ongning
motivatsiyali qo‗zg‗atuvchi mazmuni, u inson tomonidan faoliyatining bevosita va
yaqin kutilayotgan natijasi sifatida idrok qilinadi.
Ko‗rib chiqilgan motivatsiyali hosilalardan dispozitsiyalar (motivlar),
ehtiyojlar va maqsadlar inson motivatsion sohasining asosiy tashkil etuvchilari
bo‗lib hisoblanadi.
SHaxsning motivatsion sohasini rivojlanganlik nuqtai nazaridan kenglik,
egiluvchanlik va ierarxiyalashtirish ko‗rsatkichlari bo‗yicha baholash mumkin.
Motivatsion sohaning
kengligi
deyilganda, darajalarning
har birida keltirilgan
dispozitsiyalar, ehtiyoj va maqsadlar kabi motivatsion omillarning sifat jihatidan
turli-tumanligi tushuniladi. Odamda turli xil motivlar, ehtiyoj va maqsadlar
qanchalik ko‗p bo‗lsa, uning motivatsion sohasi
ham shunchalik rivojlangan
hisoblanadi.
Motivatsion sohaning
egiluvchanligi
motivatsiya jarayonini quyidagicha
xarakterlaydi: yuqori darajadagi motivatsion maylning qondirilishi uchun quyi
darajadagi turli xil motivatsion mayllar qanchalik ko‗proq qo‗llanilgan
holatda
motivatsion soha ham shunchalik darajada egiluvchan bo‗ladi. Masalan, bir individ
uchun bilim olishga bo‗lgan ehtiyoj faqat televidenie, radio va kino hisobiga
qondirilsa, boshqasi uchun xuddi shunday ehtiyojni qondirish vositasi turli
kitoblar,
davriy matbuot, odamlar bilan muloqot hisoblanadi. Keyingi holatda
motivatsion soha egiluvchanroq bo‗lib sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: