Chek (банковский чек / bank check) – bankka berilgan farmoyishga
koʻra shaxsning joriy hisobvaraqda koʻrsatilgan summani berish toʻgʻrisidagi
maxsus hujjat.
Shubhali kredit (Сомнительные кредиты / Doubtful) – substandart
kreditiga xos boʻlgan belgilarga ega. Qoʻshimcha xususiyati – qarzning yomon
taʻminlanganligidir. Zarar koʻrishi ehtimoli juda ham katta hisoblanadi.
Shaxsiy plastik kartochka (Персональная пластиковая карта / Personal plastic card) – bu jismoniy shaxsga berilgan kartochkadir.
Shaxsiy hisobvaraq (личный счет / personal account) – bu xoʻjalik
yurituvchi subyektlar uchun ochiladigan hisobvaraqdir. Barcha hisobvaraqlar
Oʻzbekiston Respublikasining Bank Depozitariylari Milliy Axborot Bazasida
(BDMAB) roʻyxatdan oʻtkaziladi.