Foiz (Процент / rate)
– hissa, ustama, qoʻshimcha foyda.
Fond birjasi (Фондовая биржа / Stock Exchange)
– bu qimmatli
qogʻozlar olib-sotiladigan savdo joyi.
Foyda (прибыль / profit)
– daromad va xarajatlar oʻrtasidagi farq.
Xalqaro kredit (Международный кредит / International credit)
– bu
xalqaro umumiqtisodiy sohada bir mamlakat tomonidan boshqa mamlakatga
vaqtinchalik foydalanishga beriladigan qarz.
Xususiy banklar (Частные банки / Private banks)
– jismoniy
shaxslarning pul mablagʻlari hisobidan tashkil qilingan banklar.
Xalqaro lizing (Международный лизинг / International leasing)
–
koʻpincha bu moliyaviy lizing (moliyaviy lizingni-
qarang
) boʻlib, bunda bir
tomonda chet el hamkori (sherigi) turadi.
Xususiy kapital (Частный капитал / private capital)
– bu ustav kapitali,
qoʻshilgan, zahira kapitali hamda taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |