Valyuta (Валюта / Currency)
– italyancha soʻzdan olingan boʻlib,
«qadrlanmoq, qiymat» degan maʻnoni anglatadi. Baho, qiymat belgisi boʻlib,
mamlakatlarning milliy pul birligi hisoblanadi.
Valyuta riski (Валютный риск / Currency risk)
– tashqi iqtisodiy
faoliyatda turli valyuta operatsiyalar oʻtkazish jarayonida ayirboshlash kurslarining
oʻzgarishi natijasida nisbatan zarar koʻrish yoki yuqori foyda olish ehtimoli
tushuniladi.
Veksel (вексель / bill)
– 1. Bu nemischa «wyechsel» soʻzidan olingan
boʻlib, bu veksel beruvchidan yoki vekselda koʻrsatilgan boshqa toʻlovchining
vekselda koʻrsatilgan muddat kelganda veksel egasiga maʻlum miqdordagi
summani toʻlash haqidagi soʻzsiz majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qogʻozidir.
2.
Qatʻi belgilangan shakldagi yozma qarz majburiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |