Bank krediti (Банковский кредит / Bank loan) – kreditning asosiy
shakli boʻlib, unda pul mablagʻlari vaqtincha foydalanish uchun banklar tomonidan
beriladi.
Bozor (рынок/market) – sotuvchi bilan xaridor oʻrtasida mahsulotni
ayirboshlash munosabati, masulotlar bilan oldi-sotdi munosabatlari, mahsulot
ishlab chiqarish, mahsulot ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan
amalga oshiriladi. Bozorda ikki jarayon amalga oshadi: biri-mahsulotlarni sotish,
bunda mahsulot pulga almashadi. Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan
narxlarda olib boriladi. Ayirboshlash obyektining moddiy shakl jihatidan olganda,
isteʻmol mahsulotlari va xizmatlar, ishlab chiqarish vositalari, investitsiya,
qimmatbaho qogʻozlar, ilmiy gʻoyalar, texnikaviy ishlanmalar va mehnat bozorlari
279
mavjud. Ayirboshlash miqyosiy jihatidan mahalliy, hududiy, milliy va jahon
bozori, ichki va tashqi bozorlarga ajratiladi.