2. Moliya bozori instrumentlarini boshqarish usullari. Moliya
bozori
instrumentlarini
boqsharishda
quyidagi
usullardan
foydalaniladi:
1. Orttirish va diskontlash. Investitsion qoʻyilmalarning turli variantlari toʻlovlar tushumini turli
grafiklariga ega boʻlganligi bu grafiklarni oʻzaro solishtirishni bir muncha
qiyinlashtiradi. Shuning uchun pul tushumlarini vaqtning bir momentiga keltirish
lozim. Agar bu moment kelajakda joylashgan boʻlsa, unda bunday prosedurani
orttirish deyiladi, agar bu moment oʻtgan vaqtda boʻlsa – diskontlash deyiladi.
2. Pullarning kelajakdagi bahosini aniqlash. Investorning hozirgi vaqtda boʻlgan pullari unga kelajakda kapitalini bank
depozitiga qoʻyish yoʻli bilan orttirish imkonini beradi. Natijada investorda
kelajakda bir muncha koʻproq pul summasi (avvalgi pul qoʻyilmasi bilan birga)
paydo boʻlishi pullarning kelajakdagi bahosi deyiladi.