§ 16.1. Moliya bozori va uning segmentlari
§ 16.2. Elektron pul bozori tushunchasi va unda toʻlovlarni amalga oshirish
tartibi
§ 16.3. Elektron pullar muomalasini boshqarish usullari
§
16.1. Moliya bozori va uning segmentlari
Moliya bozori – bu moliyaviy xizmatlar taklif etiladigan bozordir.
Moliya bozorining quyidagi segmentlari mavjuddir:
- ssuda kapitallari bozori;
- valyuta bozori;
- qimmatli qogʻozlar bozori;
- sugʻurta bozori;
- lizing bozori.
Ssuda kapitallari bozorida kredit resurslari oldi-sotdi qilinadi. Ssuda
kapitallari bozorining oʻzi 2 ta segmentga ega:
1. Qisqa muddatli pul bozori;
2. Kapital bozori
Valyuta bozorida turli xil valyutalar oldi-sotdi qilinadi.
Qimmatli qogʻozlar bozorida qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi qilinadi.
Sugʻurta bozorida sugʻurta xizmatlari taklif etiladi.
Lizing bozorida lizing kompaniyalari va tijorat banklari tomonidan lizing
xizmati taklif etiladi.
Moliya bozorining emitentlarini quyidagi belgilarga asosan tasniflash
mumkin:
1. Tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha: davlat organi, turli mulkchilik asosidagi
yuridik shaxs.
220
2. Faoliyat yoʻnalishi boʻyicha: davlat, xalqaro va nodavlat moliyaviy
institutlar va nomoliyaviy tashkilotlar.
3. Moliyaviy instrumentlari boʻyicha: davlat, munisipal, xalqaro va nodavlat
(korporativ) instrumentlar chiqaruvchi tashkilotlar.
4. Emission siyosati boʻyicha: davlatning iqtisodiy siyosatini (monetar,
budjet-soliq) yurituvchi vakolatli tashkilotlar, xalqaro iqtisodiy siyosatni yurituvchi
tashkilotlar, investitsion siyosat (strategik, portfel, xorijiy investorlarga qaratilgan
siyosat) yurituvchi tashkilotlar.
5. Milliyligi boʻyicha: rezidentlar va norezidentlar.
6. Emission potensiali boʻyicha: katta, oʻrta va kichik hajmda moliyaviy
instrumentlarni chiqaruvchi tashkilotlar.
7. Imidji va riski boʻyicha: yuqori, oʻrta va kamnufuzli va riskli tashkilotlar.
8. Moliyaviy instrumentlarining jalbdorliligi boʻyicha: yuqori, oʻrtacha va
kam jalbdor emitentlar.
Investorlarni quyidagi belgilarga asosan tasniflash mumkin:
1. Tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha: davlat tashkiloti (davlat boshqaruvi va
hokimiyati organi), turli mulkchilik asosidagi yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar
(fuqarolar va vaqtinchalik fuqarolik xuquqiga ega emaslar).
2. Faoliyat yoʻnalishi boʻyicha: individual va institusional boʻlgan davlat,
xalqaro va nodavlat moliyaviy institutlar va nomoliyaviy tashkilotlar, jismoniy
shaxslar.
3. Investitsion vositalari boʻyicha: pul, valyuta, kredit, mulk, tovar-xom-
ashyo, qimmatli qogʻozlar va h.k. resurslariga ega boʻlgan investorlar.
4. Investitsion siyosati boʻyicha: davlatning iqtisodiy siyosatini (monetar,
budjet-soliq) yurituvchi vakolatli tashkilotlar, xalqaro iqtisodiy siyosatni yurituvchi
tashkilotlar, investitsion siyosat yurituvchi shaxslar.
5. Milliyligi boʻyicha: rezidentlar (ichki) va norezidentlar (tashqi).
6. Investitsion potensiali boʻyicha: katta (institusional, strategik), oʻrta va
kichik (minoritar) hajmda investitsiyalarni yoʻnaltiruvchilar.
7. Riski boʻyicha: yuqori, oʻrta va kam riskli investorlar.
221
8. Strategiyasi boʻyicha: agressiv, konservativ va ularning gibridiga
asoslangan investorlar.
9. Investitsiyalar turlari boʻyicha: portfel, toʻgʻri investitsiyalar qiluvchi
investorlar. Portfelli investorlar spekulyativ-portfel va strategik-portfel turida
boʻlishi mumkin.
10. Investitsiya muddati boʻyicha: qisqa, oʻrta va uzoq muddatli investorlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |