6. Xodimlar mehnat unumdorligi ko„rsatkichlari
Mehnat unumdorligi ishlab chiqarish
samaradorligini ifodalovchi
muhim iqtisodiy ko„rsatkichdir. Korxonalarda mehnat unumdorligi
ma‟lum vaqt ichida ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi. Bunda
ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun
sarflangan vaqtga bo„lib topiladi. Bu ko„rsatkichning teskarisi bo„lib
ma‟lum miqdordagi mahsulotni ishlab chiqarish
uchun sarflangan vaqt
(mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt) sifatida ham
aniqlash mumkin. Bundan tashqari har bir xodimga to„g„ri keladigan
(yoki ishchiga) ishlab chiqarilgan mahsulot ham xodimning (ishchining)
o„rtacha mehnat unumdorligini bildiradi.
Bu yerda ishlab chiqarilgan mahsulot (ko„rsatilgan xizmatlar)natural
(kg, metr, kabi), shartli natura va qiymat o„lchovdagi ko„rsatkichlari
qo„llanishi mumkin. Natura ko„rsatkichlarida
mehnat unumdorligini
aniqlash va o„zgarishlarini o„rganish yaxshi, ayniqsa narxning ta‟siri
bunda bo„lmaydi, lekin chegaralangan chunki mehnat unumdorligini
natura ko„rsatkichda faqat bir xil (tur)dagi mahsulot ishlab chiqarishda
aniqlash mumkin.
Mehnat unumdorligini (V) natura o„lchovida
ishlab chiqarilgan
mahsulot miqdorini (G) ja‟mi sarflangan vaqtiga (T) bo„lib topamiz.
V =
Т
G
;
Mehnat unumdorligi qiymat o„lchovida ishlab chiqarilgan mahsulot
hajmini (Σqp) sarflangan vaqtga bo„lib topiladi.
V =
Т
qp
; ularning indeksi
Ularning davrlar bo„yicha o„zgarishi ya‟ni dinamik indeksi.
Jv =
Vo
V
1
=
1
1
1
Т
p
q
:
Тo
p
q
;
Mahsulot ishlab chiqarishga
sarflangan vaqt kishi-minut, kishi-soat,
kishi-kunlarda ifodalanishi mumkin.
Mehnat unumdorligi o„rganilganda yuqoridagi ko„rsatkichlarga
asosan: natural usulda: a) sarflangan vaqt birligida ishlab chiqarilgan
mahsulot miqdori, misol 1
soatda terilgan paxta, tayyorlangan non
mahsuloti; b) bir xodimga to„g„ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot,
misol bir terimchiga to„g„ri
keladigan terilgan paxta, bir xodimga to„g„ri
keladigan non mahsuloti (kg, tonna); v) bir ishchiga to„g„ri keladigan
ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori. Shartli natural va qiymat
o„lchovlarida ham bu ko„rsatkichlar aniqlanadi va o„rganiladi. Statistikada
bu ko„rsatkichlar holati o„rganilib
qolmasdan, korxonalarda mehnat
unumdorligi qanday o„zgarayotganligi aniqlash uchun,
ularning
dinamikasi ya‟ni ma‟lum vaqt-davr mobaynida (oy, chorak, yil) o„zgarishi
ham aniqlanadi va o„rganiladi. Mehnat unumdorligi dinamikasi iqtisodiy
indekslar yordamida o„rganiladi. Bunda o„zgaruvchan va doimiy tarkibli
indekslar, hamda tarkibiy o„zgarishlar (siljishlar)
indekslaridan
foydalaniladi. Natijada mehnat unumdorligiga ishlab chiqarilayotgan
mahsulot hajmi va uning tarkibi o„zgarishning, hamda narx o„zgarishining
ta‟siri aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: