Modellashtirish tamoyili va o‘xshatish metodi
– ob’ektlarning ba’zi bir
xossalarini ularga o‘xshagan moddiy yoki nomoddiy (konseptual tushunchaga
asoslangan, mantiqiy-matematik) konstruksiyalarni tadqiq qilish orqali bilish
mumkinligi. Mohiyat-e’tibori bilan bu qiyosiy bilish yo‘lidir.
Modellashtirish
–borliqni bilvosita o‘rganish usuli. Biron ob’ektning
xususiyatlarini ularni o‘rganish uchun maxsus tuzilgan boshqa ob’ektda qayta hosil
qilishr.
Muammo
– bilishning rivojlanish jarayonida ob’ektiv tarzda yuzaga keladigan,
echimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan masala yoki
masalalar majmui. Shuningdek muammo, hal qilishni talab etuvchi nazariy yoki
amaliy masala; fanda – biron-bir hodisalar, ob’ektlar, jarayonlarni tushuntirishda
qarama-qarshi yondashuvlar ko‘rinishida amal qiluvchi va uni echish uchun
muvofiq nazariyani talab etuvchi ziddiyatli holatdir. Muammo – bu echilishi lozim
bo‘lgan masala yoki vazifa.
Do'stlaringiz bilan baham: |