Sarja to‘qish va uning amalda bajarilishi
Bo‘ylama ipning yo‘nalishini aniqlash
Xohlagan b
uyumlarni tikish uchun bichganda, uning qismlari shakli buzilishiga
va og‘ib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun matodagi bo‘ylama ipni aniqlash va
yo‘nalishini esda tutish kerak. Matodagi bo‘ylama ipni aniqlashning asosiy belgilarini
ko‘rib chiqamiz: 1) bo‘ylama ip doim matoning milki bo‘ladi; 2) matoni tortganda
bo‘ylama iplar ko‘ndalang iplarga qaraganda kamroq cho‘ziladi; 3) bo‘ylama iplar
silliq, ingichka va pishiq, ko‘ndalanglari yo‘g‘onroq, momiqroq va unchalik pishiq
bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |