Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va


O‘zbekiston voleybol federatsiyasi



Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/322
Sana18.02.2022
Hajmi7,14 Mb.
#450604
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   322
Bog'liq
fayl 2055 20211105

 
O‘zbekiston voleybol federatsiyasi 
Mamlakatimizda voleybolni ommaviylashtirish, rivojlantirish, uni ravnaq 
topshirishda O‘zbekiston voleybol Federatsiyasi rahbarlik va boshqaruvchi rolni 
o‘ynaydi. Respublikamizning tuman, viloyat va shaharlarida esa bu mas’uliyat 
joylardagi federatsiyalar orqali amalga oshiriladi. 
Federatsiyaning oliy rahbar organi respublika anjumanidir. U mamlakatda 
voleybolni rivojlantirishning asosiy masalalarini hal qiladi. Federatsiya anjuman 
tufayli saylangan o‘z prezidiumidan (rayosatidan) iborat. 
Rayosat o‘z navbatida belgilangan ijroiy qo‘mitasiga ega bo‘lishi kerak. 
Qo‘mitada federatsiyaning prezidenti rahbarligida direktorat va doimiy hay’atlar 
tuziladi. Bu hay’atlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadilar: 
- moliyaviy-iqtisodiy; 
- yuridik-huquqiy; 
- moddiy-texnika ta’minlovi; 
- ommaviy-tashkiliy; 
- trenerlar kengashi; 
- ilmiy-uslubiy; 
- sport-texnika; 
- bolalar va o‘smirlar sporti; 
- xalqaro sport aloqalari; 
- respublika sport fahriylari kengashi; 


400 
Ko‘rinib turibdiki, mazkur yo‘nalishlarning nomlarining o‘zi hay’atning 
vazifasi, bajaradigan tadbirlari va butun faoliyatlari mazmunini belgilab berib 
turibdi. 
Jahonda voleybolni rivojlantirish jarayonini xalqaro tashkilotlar darajasida 
boshqarish 
Voleybol taraqqiyotini boshqarish halqaro voleybol Federetsiyasi (XVF-
FIVB) va zonal konferensiyalar orqali ijro etiladi.
Ovro‘ra, Osiyo, Afrika, SHimoliy Amerika, Markaziy Amerika va Karib 
dengizi, Janubiy Amerika mintaqalarining zoanl konferensiyalari mavjud.
FIVBning aloqa va ish faoliyatlari rasmiy ravishda ingliz, farang, rus va 
ispan tillarida amalga oshiriladi.
FIVB o‘zining ustaviga ega. U vaqti-vaqti bilan voleybol soxasida ro‘y 
berayotgan asosiy voqealar bilan yoritidgan rasmiy BYULLETEN chiqarib (nashr 
qilib) turadi, turli uslubiy ko‘rsatmalar, hujjatlar, nizomlar, tavsiyanomalar chop 
etiladi. 
FIVBning asosiy maqsadi – jahonning turli mintaqalarida voleybolni 
rivojlantirish, barcha davlatlarning sportchilari va rasmiy shaxslari o‘rtasidagi 
do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, milliy voleybol federatsiyalarini birlashtirish, 
yangi milliy voleybol federatsiyalari tuzish, rasmiy musobaqalar o‘tkazish, o‘yin 
qoidalarini va taktikasini shakllantirishdan iborat.
FIVBning oliy organi – Kongressdir. U ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. 
FIVBning rahbar organi – Ma’muriy Kengash bo‘lib, o‘z prezidenti, bosh 
kotib va uni yordamchilari, 4 ta vitse-prezidenti, 12 ta Kengash a’zolari va zonal 
konfederatsiyalarning prezidentlaridan tashkil topadi.
Ma’muriy kengashning qarorlarini Ijroiy Qo‘mita hayotga tadbiq etadi. 
Ijroiy Qo‘mita o‘z prezidentidan, ikki vitse-prezidentidan, bosh kotibi va uni ikki 
yordamchisidan iborat. FIVBda texnik organlar ham mavjud bo‘lib, ular 5 ta 
doimiy hay’atlardan tashkil topadi.


401 
1. Tashkiliy-sport hay’ati – musobaqalarni tashkil qilish va ularni tahlil 
etish, ma’lumotlarni yig‘ish va voleybol bo‘yicha xalqaro sport kalendarini 
rejalashtirish; 
2. Trenerlar bo‘yicha hay’at – voleybol endigina rivojlanayotgan mintaqa 
va davlatlarda shu sport turini taraqqiy ettirish tadbirlarini tashkil qilish, trenerlar 
bilan seminarlar uyushtirish, ularga maslahatlar berish, voleybol bo‘yicha “qo‘li 
kalta” davlatlarga yordam sifatida trenerlarni har xil muddatlarga ishga jo‘natish, 
uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish ishlari 
bilan shug‘ullanadi.
3. Arbitraj hay’ati – musobaqalar hakamlarini tayinlash, ularning 
faoliyatiga rahbarlik qilish, tahlil etish va baholash, xalqaro seminarlarni 
uyushtirish, hakamlik qilish bo‘icha uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqish ishlarini 
bajaradi.
4. O‘yin qoidalari bo‘yicha hay’at – Ma’muriy Kengash va Kongress 
muhokamasiga o‘yin qoidalari bo‘yicha kiritilgan o‘zgarishlar oid tavsiyalarni 
taqdim etish, arbitraj hay’ati bilan birgalikda hakamlik qilish qoidasini ishlab 
chiqish va o‘yin qoidalariga yagona fikrda yondoshishni ta’minlash kabi tadbirlarni 
amalga oshiradi.
5. Tibbiy hay’at – musobaqalar jarayonida tibbiy xizmat ko‘rsatish, o‘quv-
trenirovka mashg‘ulotlarini tibbiy nazorat qilish, organizm va ish qobiliyatini 
tiklashga oid tadbirvositalar hamda shikastlanishlarni oldini olish kabi masalalar 
bo‘yicha taklif, tavsiya va ko‘rsatmalar tayyorlash ishlarini ijro etadi.
FIVB o‘z tarkibiga 160 ta davlat kiritgan eng ko‘p sonli federatsiya o‘ziga 
ma’lum moliyaviy mas’uliyatni olishi shart, a’zo bo‘lib kirishda va har yili badal 
to‘lash, rasmiy birinchiliklar va xalqaro uchrashuvlar o‘tkazish uchun pul mablag‘i 
ajratish, FIVB tasaruffida o‘tkaziladigan rasmiy musobaqalarda ishtirok etish 
uchun badal to‘lash va hokazo. 
FIVBning faoliyatida sobiq Ittifoq Federatsiyasi juda katta rol o‘ynagan. 
Bu masala voleybol bo‘yicha mashhur mutaxassis Vladimir Ivanovich Savin 
samarali xizmati va salmoqli hissalari bilan alohida ajralib turadi.


402 
O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga erishganidan so‘ng mamlakatimizning 
milliy voleybol Federatsiyasi hayotida ham unutilmas o‘zgarishlar yuz beradi. 
1992 yil O‘zbekiston milliy voleybol Federatsiyasi Osiyo zonal konfederatsiyasiga 
a’zo bo‘lib qabul qilindi. 24 va 25-rasmlarda mamlakatda voleybol taraqqiyotini 
boshqarish organlari va O‘zbekiston voleybol Federatsiyasining tuzilmasi 
ifodalangan. 
 
 
 


403 
 

Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish