Ziyonet doc



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/76
Sana18.02.2022
Hajmi0,76 Mb.
#450442
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   76
Bog'liq
tarix falsafasi va metodologiyasi

A. Toynbi kontseptsiyasi
Arnold Toynbi 1889 yilda dunyoga kelgan. U ham XX asr falsafasining 
yirik vakillaridan biri hisoblanadi. U 33 yoshida Buyuk Britaniya ichki ishlar 
vazirligi mahkamasida katta lavozimda ishlaydi. U shu paytda tarixiy jarayonni 
tadqiq qilish dasturini tuzadi va “ tarix davrlari” nomli 12 jilddan iborat asosiy 
asarini yozadi.
Toynbi dunyoviy tarixni xarakatga keltiruvchi kuchli tsivilizatsiyani 
tug’diruvchi va xalokatga olib keluvchi imkoniyatlarni ochib berishni o’z oldiga 
maqsad qilib qo’yadi. XX asrning boshlarida esa tsivilizatsiyalar ham yo’q bo’lib 
ketuvchi xususiyatga egaligi aniq bo’lib qolgan edi. Jumladan birinchi jahon 
urushi, kimyoviy qurollarning qo’llanilishi, suv osti va samo urushlari, Xirosima 
va Osventsim hodisalari fikrimizning dalili bo’la oladi. Shunday davrda 
madaniyatning tug’ilishi, rivojlanishi va halokati dolzarb masalaga aylanadi. 
Toynbi o’z tadqiqotini rivoji va xalokati dolzarb masalaga aylandi. Toynbi o’z 
tadqiqotini tarixiy jarayonning predmet chegarasini (hamma uchun tushunarli tilda) 
aniqlab olishdan boshlaydi. U Angliyaning tarixiy yo’lini o’rganadi, va shunday 
xulosaga keladiki, bunday birlik milliy davlat bo’la olmasligini tasdiqlaydi. Buning 
sababi, Angliyaning tarixi boshqa mamlakatlar tarixi bilan minglab sotsiomadaniy 
rishtalar orqali chambarchas uzviy bog’lanib ketgan edi, uni bu munosabatlardan 
uzib olib, xolis o’rganish bajarib bo’lmaydigan vazifaga aylanadi. Shuning uchun 
ham tahlil sifatida tarixchi yuqoriroq birlikni olishi zarur.
Toynbini tushunish uchun uni diniy faylasuf ekanligini xotirada tutish 
lozimdir. Diniy xristianlik ongi uchun esa xaqiqat mezoni tafakkurini ham, ilohiy 
anglashni ham o’z ichiga oladi. Shuning uchun Toynbi o’z ijodida qatiy ilmiy 
bilish xamda ratsional intuitsiya uslublaridan foydalangandir, u inson orqali 
amalga oshadi, shu jixatdan uni bilish ilohiy anglashni talab qiladi. Ilohiy anglash 
bo’lganligi uchun tarix mazmunga egadir. Inson ana shu mazmunni egallashi shart. 


98 
Toynbi butun tarixni egallashni istaydi, shuning uchun xam huddi shifokor 
bemorining alohida organizmini o’rgangandek, tarixni tashkil etuvchi qismlarini 
tahlil qilishga kirishadi tadqiqotning maqsadi esa sotsiogenezning mexanizmini 
ochib berishdan iboratdir. Bu mexanizm yuqori darajada umumiylikka ega bo’lishi 
kerakki, alohida tsivilizatsiyalarni ham jumladan butun tarixni ham qamrab olsin. 
Toynbi sotsiogenezisni harakatga keltiruvchi umumiy kuchni topish mushkulligini 
anglab etadi. U ana shu kuchni qanday ishlash mexanizmini ochishga intiladi.
Toynbi tsivilizatsiya genezisini uch komponentdan iborat deydi. Ular 
universal davlat, dunyoviy cherkov va qabila harakati. Ana shu tuzilmaning
mavjudligi tsivilizatsiyani tashkil qiladi. Biroq tsivilizatsiyalar o’z-o’zidan 
shakllanmaydi. Uning rivoji uchun o’ziga xos tarixiy davr bo’lishi shart. Bunday 
davrni Toynbi “Chaqiruv va javob” deb belgilaydi. Garchi tsivilizatsiya genezisida 
uch komponentning xammasi mujassam bo’lib, chaqiruv bo’lmasa, u holda javob 
xam bo’lmaydi, natijada tsivilizatsiya taraqqiy etmaydi.
Chaqiruv davri – shunday davrki, bunda jamiyat qandaydir xavf ostida 
bo’ladi. Chaqiruv turlicha bo’lishi mumkin. Chaqiruv davrini qadimgi Yunoniston 
shahar – davlatlari o’z boshlaridan kechirganlar ular aholi soni o’sib ketishi 
oqibatida ozuqa maxsulotlarining kamayib ketishi va eroziya natijasida hosildor 
erlarning qisqarib ketishidan azob chekkanlar. Shahar davlatlar (polislar) bu 
chaqiruvga turlicha javob berganlar: ayrimlari (korinf, Xolkida) O’rta er dengizi 
qirg’oqlarida yashovchi mahalliy aholini kaloniyalarga aylantirganlar: ayrimlari 
(spartaliklar) harbiy yurishlar uyushtirib qo’shni aholini bosib oldilar va va 
o’zlariga bo’ysundirdilar, uchinchilari (Afina) qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 
import qilib, hunarmandchilikni jadallik bilan rivojlantirishga kirishdilar.shunday 
qilib bitta chaqiruvga uch hil javob berishdi. Buning natijasida bir – biridan tubdan 
farq qiladigan uch xil jamiyat va madaniyat tashkil bo’ldi.
Jumladan, Avstriyaning rivoji, Toynbi fikricha, Turkiyaga qarshi turishga 
olib keldi, Yevropaning forportiga aylandi. Daryolar o’rtasidagi tsivilizatsiyaning 
va Misrning rivoji tabiat chaqiruviga javob tarzida shakllanadi – bu vaqti vaqti 
bilan daryoning toshib turishi bilan bog’lanadi. Demak, yangi tsivilizatsiya 
genezisining asosi uchun chaqiruv davrining bo’lishi majburiydir, usiz 
tsivilizatsiyaning spontan taraqqiyoti mutlaqo mumkin emas.
Shunday qilib, chaqiruv va javobning o’zaro munosabatidan iborat bo’lgan 
tarix yo’li abadiy ravishda turg’unlik yoki xalokat o’rtasida xarakat qiladi. 
Chaqiruv va javob xar bir madaniyatning tarixiga oiddir, ular doim bir birlari bilan 
o’rin almashdi. Toynbi madaniy genezisning universal kalitini topishga intilmaydi, 
u ana shu genezisning ishlash mexanizimini o’ziga xos mazmun bilan to’ldiradi. 
Toynbining tsivilizatsiyasi bazi kamchiliklardan ham xoli emas. Unda qilingan 
xulosalar yaxlitlikni tashkil qilmaydi. Shunday bo’lsa xam, Toynbining tarix 
falsafasi ochiq tizimdir va insoniyat dunyo hayotining xar bir chaqiruviga javob 
berishga qodirdir. 
Demak, Toynbi madaniyat va insoniyat tarixini tsikllik (davriy) rivoji 
g’oyasini ilgari suradi. Uning fikricha, yagona dunyoviy tarixiy jarayon mutlaqo 
bemanilikdir. Dunyoviy tarix, alohida mustaqil “tsivilizatsiyalar” tarixidan iborat. 
Tsivilizatsiyalar esa o’ziga xos madaniy tuzilmadir.Ular o’z xayot yo’llarida uch 


99 
davrni bosib o’tadilar : shakllanadi, unib – o’sadi, gullaydi va nixoyat xalok 
bo’ladi. Boshqasining tuzilishi uchun o’z o’rnini bo’shatib beradi.
Shpinglerdan 
farqli 
ravishda 
Toynbi 
shuni 
takidlaydiki, 
yani 
tsivilizatsiyalarni birlashtiruvchi halqa mavjuddir. Bu halqa insoniyatning manaviy 
kamol topishini o’z ichiga oladi. Shunday bo’lsa ham, Toynbi Shpinglerning 
ko’pgina g’oyalaridan foydalanadi. Lekin u professional tarixchi sifatida aniq 
yorqin dallilarga suyangan holda o’z nazariy umumxulosalarini bayon etadi.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish