O. Shpengler – Yevropaning so’nishi.
Shpengler falsafasining markaziy mavzusi – tarix lekin tarix madaniyat
orqali tushuntiriladi. Xar bir madaniyat aylanma harakatga ega, yani tug’iladi,
ravnaq topadi va halokatga yuz tutadi. Yevropa madaniyati ham oxirgi uchinchi
bosqichni o’z boshidan kechirmoqda. Tarix taqdirga o’xshamaydi. Har bir
madaniyat o’z qobig’iga joylashgan boshqa madaniyatga o’z yutuqlarini bera
olmaydi. Shpengler o’zining tarixiy kontseptsiyasini yaratganda ko’pgina falsafiy
masalalrni ko’taradi. Jumladan, ijtimoiy – siyosiy muammolar ham o’ziga xos
ravishda madaniyat tushunchasi orqali o’z echimini topgan.
“Yevropaning so’nishi” asari nashr etilishi nafaqat Germaniyaning turli
qatlamlari orasida, balki rus ziyolilari orasida ham katta qiziqish uyg’otdi. Tarix
falsafasini yaratishda u mistik intuitsiyaga tayandi. Huddi ana shu uslub unga katta
muvaffaqiyat olib keldi. “Yevropani so’nishi” asrida Shpengler etiborini Yevropa
95
madaniyati taqdirini ochib berishga qaratilgan. Asarning boshlanishi u ” hali hech
kimning miyasiga tarixni tushunishdagi bunday inqilobiy fikr kelmagan”, - deydi,
u o’zining tarixiy talimotini o’zi bilgan talimotlarga qarshi qo’ydi. Lekin ayrim
g’oyalarni Nitsshe va Gyotedan olganligini tan oladi. Shpengler tabiat haqidagi
fanlarga ruh haqidagi fanlarni qarshi qo’yadi. Tabiat va tarix faqatgina subektning
ongidagina kechinmalaridagina o’z voqeligini oladi. Mustaqil reallik sifatida ular
mumkin emas, faqat ruhdagina mavjud, yani subektsiz obekt mumkin emas”
subekt “umuman ongdir”, dunyo asosida “men” yotadi, ana shu “men”orqali u
o’zini nomayon qildi. “Men” – yakka ong emas, balki halq, madaniyat, insoniyat
va turli kechinmalar Shpenglerning asosiy g’oyasi tarix, alohida yashirin
madaniyatlarning almashinuvidir. U tarixni uzluksiz jarayon sifatida inkor qiladi
va tarixiy taraqqiyotni ham inkor qiladi. Shpengler fikricha, G’arb odami uchun
tarix butunlay o’zgacha ko’rinishga ega. Tarixning markazi “dunyo tarixining”
bitta kichkina sayyoradagi olti ming yilligini tashkil qildi. Shu manzara, Shpengler
takidiga mohiyatan, bizning uyg’oq ongimiz mahsulidir. Shu asosda G’arb ruhi
o’zini anglaydi, shu zaruriy shakl orqali mavjudlikni mushohada qiladi.
Tarixni faqat his etish kerak, tarixda faqat yashash kerak. Shpengler uchun
tarixni bilish uslubi o’xshashliklardir (anologya) shunday qilib qarixiy voqealarni
taxlil qilganda, ularning ichki qonuniyatlari, mantiqiy bog’liqliklarini qidirmasdan
balki, o’xshashlikni paralellarini topishga xarakat qilish ana shu asosda tarixni
yaratish kerak.
Shpenglerning
fikricha
uni
“Hayot
falsafasi”
namoyandalariga
yaqinlashtiradi, lekin shu bilan bir qatorda farqi xam bordir, yani tabiat bilan tarix
ziddiyati ularning obektlarida emas, balki bilish uslublarida farqlanadi. “Tabiat va
tarix – deb yozadi Shpengler – mana shu ikki qarama – qarshi uslub, o’ziga
borliqni tartibga solishga urinadi. Agar xar bir vujudga kelayotgan jarayonni
mavjudlik nuqtai nazaridan ko’radigan bo’lsak, borliq tabiatga aylanadi, imkoniy
vujudni zaruriy vujudga (jarayonga) bo’ysundirsak tarix bo’ladi, deydi Shpengler.
Jumladan tafakkur ishga solinsa, uning o’lik tushunchalari va qonuniyatlari tabiatni
tushuntirishga xarakat qiladi.
Ichki ishlarimizga, hissiyotimizga, intuitsiyamizga murojaat qilsak ko’z
o’ngimizda tarix namayon bo’ladi. Tabiat tafakkur faoliyati natijasidir, bilish
oqibatidir. Tarix esa mushohada, intuitsiya natijasidir. Xar bir madaniyatning
hayotini taqdir boshqaradi. Taqdirni Shpengler fikricha his qilish kerak. Agar kim
uni his qilmasa, tarix bilan shug’illanmaslik, tabiatni bilishga o’rganish mumkin
lekin tarixchi bo’lib tug’ilish kerak. Tarixchining kuchi shundan iboratki, u
ongsizlik darajasida tarix jarayonini instinktiv ravishda biladi, bunday uslubda har
qanday inson ham ishlay olmaydi.
Tarixning mazmuni uning ruhida namoyon bo’ladi. Madaniyat ruhiyatning
tashqi ko’rinishidir. Shpengler sakkizta madaniyatni sanab o’tadi. Bular Xitoy,
Bobil, Misr, Hind, antik, arab, g’arb va maya halqining madaniyatidir. Rus
madaniyati haqida haqida alohida etibor bilan gapiradi. Har bir madaniyat
qaytarilmas, o’ziga xos va yagonadir. Har bir madaniyatning asosida o’ziga xos
ruxiyat yotadi. Masalan antik madaniyatda – Apollon ruhiyati arab madaniyatida
mistik (afsungarlik) ruhiyati g’arb madaniyatida – Faust ruhiyati yotadi.
96
Shpengler tarixchi va faylasuflarni butun dunyo tarixini “Qadimgi va yangi
davr” tarixiga ajratishlarni tanqid qiladi. Bu ajratish faqat g’arb mamlakatlariga
xosligini Shpengler yozadi va shu erda G’arb tarixchilarining Yevropa
markazchiligi tamoyilini tanqid qiladi.
Shpenglerning “Yevropaning so’nishi” asari nafaqat tarix falsafasiga
bag’ishlangan, unda siyosiy masalalar ham ko’tarilgandir. U so’z boshida shunday
yozadi: “ Bu kitobda kelajak tarixni aniqlashga xarakat qilingan, vazifa shundan
iboratki, nihoyasiga etayotgan er yuzasidagi yagona madaniyatning, yani G’arbiy
Yevropa madaniyatining taqdirini o’rganishdir”. Muammo G’arb xalokati
tsivilizatsiya masalasiga kelib taqaladi. U ko’xna tarixning asosiy masalalaridan
biridir.
Har bir madaniyatning o’z tsivilizatsiyasi bo’ladi. Tsivilizatsiya eng oxirgi,
eng suniy holatdir. Tsivilizatsiya eng madaniyatli insonlarga xosdir. Shpengler
tsivilizatsiya haqida gapirib, shahar to’g’risida ham fikr yuritadi. Yani shahar
o’zlikni yo’qotishlik sifatida ruhiyatning o’lishi sifatida paydo bo’ladi.
“Madaniyat – ruhiyat, tsivilizatsiya esa tafakkurdir” – deb yozadi
Shpengler. G’arbda madaniyatdan tsivilizatsiyaga o’tish qadimda qadimda – VI
asrda sodir bo’lgan. Shahar tsivilizatsiyaning oqibatidir.madaniyatli insonda
quvvat inson ichiga yo’naltirilgan tsivilizatsiya inikosida esa quvvat tashqariga
yo’naltirilgan. Xayot imkoniyatni amalga oshirishdir, tafakkurli insonlarda
imkoniyat cheksiz kengdir. Shpengler qatiy ravishda umumdunyo tarixini inkor
qiladi. U shunday yozadi: “Insoniyat men uchun zoologik birlikdir”. Men G’arbiy
Yevropa faylasuflarining fikrlarida insoniyat ravnaqi, maqsadi va yo’llarini
ko’rmayapman. Tarixni ananaviy tarzda qadimgi, o’rta va yangi davrga bo’lishni
Shpengler juda tor doiradagi provintsializmga kiritadi. Uning uchun yagona
insoniyat tarixi yo’q, faqat alohida ajralgan madaniyatlar mavjuddir. Ular tasodifan
paydo bo’ladi, rivojlanadi va xalok bo’ladi. Misoli dalada o’sgan gul taqdirini
boshidan kechiradi, o’simliklar, hayvonot olamiga o’xshash morfologik
organizmlar bo’lgani kabi tarixda ham xuddi shunday organizmlar mavjud, bu tarix
morfologiyasi har bir madaniy organizm uchun davr va bosqichlarni belgilaydi.
“har qanday madaniyat – deb yozadi Shpengler, - insondek hayot kechiradi.
Ularning o’z bolaligi, o’smirligi, o’rta yoshi va qariligi bo’ladi”.
Shpengler fikricha yagona falsafiy taraqqiyot yo’li mavjud emas. Shu
jumladan turli madaniyat mutafakkirlari uchun yagona masalalar ham yo’q. Sanat
asarlari, ahloqiy tamoyillar kabifalsafiy masalalarni ham faqat o’z dari ruhiyatida
aks ettiradi. Shuning uchun ham, - deydi Shpengler tabiat bilan ruxning ziddiyati
faqatgina bizning faylasuflarimizni qiziqtiradi. Boshqa madaniyat faylasuflari
uchun bu masala qiziqish ham uyg’otmaydi, uni anglamadilar ham. Xar bir masala
o’z davrining faqat o’z davrining inikosidir. Xar bir shunday falsafa - deb yozadi
Shpengler - birinchi so’zidan to ohirgi jumlasigacha mavhum mavzulardan o’ziga
xos xususiyatlarigacha, tarixiy chegaralangan insoniyatning sof belgisidir, shuning
uchun ham ular o’tkinchidir, ular o’z hayotiy davriyligiga harakat tezligiga ega.
Har bir davrning o’zining mavzusi bor ushbu mavzu faqat shu davr uchun
ahamiyatga egadir.
97
Paydo bo’lgan madaniyatning taqdiri qanday bo’ladi? qanday yo’lni bosib
o’tadi? Shpengler fikricha, bu yo’l uch davrdan iborat. Birinchisi, eng uzundir. Bu
davr tayyorlov davridir, yani xaos (tartibsizlik) ning dastlabki xolati, bolalik va va
kuchning to’planishidir. Keyin madaniyat davri boshlanadi. Bu davr muayyan
madaniyatning berilgan ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqarish va amalga
oshirishdir, suratli ijodiyotdir. Ana shu davrda hamma manaviy qadriyatlar
shakllanadi, diniy etqodi mustaxkamlanadi, metafizik tizimlar tuziladi, sanatning
noyob sohalari, asarlari vujudga keladi.
So’ngra, madaniyat o’zining uchinchi oxirgi davriga qadam qo’yadi –
orqaga ketish davri, yani tsivilizatsiya davri boshlanadi. Bu davrda manaviy hayot
so’na boshlaydi, diniy etiqod susayadi, falsafiy talimotlar yuzaki bo’lib qoladi,
sanat xam o’ladi. Quruq ratsionalizm va materializm dunyoqarash asosini tashkil
qiladi. Hayotning tashqi tomonlari ichki ruhiyatni engib boradi.
Har bir madaniyat davri, hayoti, Shpengler fikricha 1000 yilni tashkil qiladi,
tsivilizatsiyaning oxirgi davri 200-300 yilni tashkil qiladi. Har bir madaniyat,
taqdir taqozosi bilan bir xil davrni boshidan kechiradi. Shpenglerning tarix
falsafasini asosiy g’oyasi shulardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |