Ziyonet doc



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/76
Sana18.02.2022
Hajmi0,76 Mb.
#450442
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76
Bog'liq
tarix falsafasi va metodologiyasi

Nemis tarix falsafasi
Nemis tarix falsafasining yirik namoyandalaridan biri Osvald Shpenglerdir. 
U o’zining mashhur «Yevropa quyoshining so’nishi» asarida tarix falsafasining 
o’ziga xos yo’nalishi haqidagi g’oyalarini ilgari suradi. Shpengler dunyoni mistik 
qarashlar orqali anglash, insonning intuitsiyasi, ichki hissiyot va voqelikni xis 
qila olish imkoniyatlari xususida fikr yuritadi. 


86 
Shpengler xulosasiga ko’ra «Qancha odam va madaniyat bo’lsa, shuncha 
dunyo mavjud. Har bir aloxida inson uchun yagona, mustaqil, abadiy dunyo 
mavjud. Dunyoning bunday mavjudligi har bir inson uchun doimiy yangi, bir 
marta amalga oshadigan, hech qachon qaytarilmaydigan kechinmadir». Bir 
qarashda, darhaqiqat, har bir odam aloxida va mustaqil olam. Uning o’z dunyosi 
bo’lganidek, o’z ibtidosi va intihosi ham bor. U tashqi dunyoni o’zining ichki 
olami orqali o’zicha tushunadi, o’zicha anglaydi, unga o’zicha baho beradi. 
Demak, insoniyat tarixi har bir odam uchun garchi u yaxlit, bir butun tarix, real 
tarixiy jarayon bo’lsa-da, uni anglashda o’ziga xoslik, unga yondoshishda 
xususiylik bo’lishi tabiiy. Demak, real tarixiy jarayon real inson tasavvurida real 
fikr-xulosaga aylanishi mumkin. Ana shu holatdan kelib chiqib ham Shpengler 
«ilmiy bilish bu o’z-o’zini anglashdir» degan g’oyani ilgari suradi. 
Tarixni anglash, tarixni falsafiy tushunish orqali inson o’zligini anglaydi 
va o’ziga xos qadriyatga aylanadi. Bunday jarayon insonda intuitiv imkoniyat, his 
qilish qobiliyati orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun Shpengler 
tarixni tushunish va tarixga munosabatda intuitsiya, his-tuyg’u mohiyatini 
ustuvor qiladi. Ana shundan kelib chiqib tarix mushohada, voqelikni to’g’ri his 
qila olish, tabiiy intuitsiya natijasi degan g’oyani ilgari suradi. Hatto, u tarixni 
hissiyot orqali tushunish g’oyasini ilgari surar ekan, «agar kim buni his qilmasa, 
tarix bilan shug’ullanmasin, tabiatni bilishga o’rganish mumkin, lekin tarixchi 
bo’lib tug’ilish kerak. Tarixchining kuchi shundan iboratki, u ongsizlik 
darajasida tarix jarayonini instinktiv ravishda biladi, bunday uslubda har qanday 
inson ham ishlay olmaydi», – deydi. Ana shu fikrdan ma’lum bo’ladiki, tabiatni 
bilish uchun bilimning o’zi etarli, tarixni anglash uchun esa uni his qila olish, 
tarixiy jarayon ortida yotgan inson takdiri, mohiyati, hayot mazmuni va 
kechinmalari, sevinch va izti-roblari yotganligini ham anglamoq zarur ekan. Ana 
shunda har bir tarixiy voqelik tarix falsafasiga aylanadi. Demak instinkt va his 
qila olish qobiliyati, intuitsiya quvvati tarixchi uchun noyob va qimmatli 
fazilatdir. 
Shpengler tsivilizatsiyani madaniyat belgisi sifatida tushunadi va har 
qanday madaniyat o’z taraqqiyot bosqichlariga, o’zining tsivilizatsiyasiga ega 
degan goyani ilgari suradi. Uning nazarvda tsivilizatsiya madaniyatli insonlarga 
xos hodisa sifatida namoyon bo’ladi. 
O. Shpengler madaniy taraqqiyot, tarix rivoji, uning dinamizmi xususida 
fikr yuritar ekan, «har qanday madaniyat insondek hayot kechiradi. Ularning 
o’z bolaligi, o’smirligi, o’rta yoshliga va qariligi bo’ladi», - deydi. Demak, har 
qanday madaniyat o’zining ibtidosi va intihosiga ega. Shuning uchun ham turli 
davrlarda yuz bergan turli mintaqalardaga tsivilizatsiyalar qaysidir darajada 
susayish, orqaga ketish holatlarini ham boshdan kechirgan. Ana shu tarixiy 
dalillar hamda insoniyat o’tmishidagi buyuk ko’tarilishlar va tanazzullarni 
nazarda tutib O. Shpengler har qanday tsivilizatsiya tanazzulga mahkumdir, 
degan fikrni ilgari suradi. Tsivilizatsiyalar taqdiri, uning istiqboli xususida 
gapirar ekan, «mening fikrimning markazini taqdir g’oyasi tashkil qiladi. O’tib 
ketganlarning taqdiri ham shunday bo’lgan, hozirgi G’arbiy Yevropa 
madaniyatini ham halokat kutmoqda», deydi. 


87 
Shunday qilib, O.Shpengler insonning biologik mavjudot sifatida 
yaratuvchilik imkoniyatlarini, bu imkoniyatlarni ro’yobga chiqaruvchi ilohiy 
qudrat ruh, e’tiqod ekanligini ta’kidlaydi. Dunyoni anglashda, olamni 
tushunishda uning ana shu g’oyalari yaqqol ko’zga tashlanadi va «tabiatni 
mushohada qilish asnosida diniy e’tiqod yotadi. Dindan oldin paydo bo’lgan 
tabiiy bilim yo’qdir. Ana shu nuqgai nazardan qaraganda katolikcha va 
materialistik tabiatni bilish o’rtasida hech qanday farq yo’qdir. Ular bir narsa 
to’g’risida, lekin har xil tilda gaplashadi. Hattoki ateistik soha ham diniy asosga 
egadir. Hozirdagi mexanika ham xristian aqidalaridan andoza olgandir», deydi. 
Bu bilan O. Shpengler ruh birlamchi, e’tiqod xatti-harakatlar va voqeliklarni 
boshqaruvchi iloxiy qudrat degan xulosaga keladi. Uning nazarida insoniyat tarixi 
– bu juda uzoq va ming yilliklarni qamrab olgan yaxlit olam, ruh va e’tiqod orqali 
inson tomonidan amalga oshirilgan buyuk haqiqatdir. 
Olamni anglash o’z-o’zini anglashdan boshlanadi, deydi O. Shpengler. 
Bunday qarashlar qaysidir darajada undan bir necha asrlar oldin Sharqda yuzaga 
kelgan ruh falsafasini eslatadi. Jumladan, A. Bedil, J. Rumiy, A. Nasafiy, N. 
Kubro va boshqalar ilgari surgan g’oyalarda ruh birlamchi, jism esa o’gkinchi, ruh – 
botin, jism – moddiy tariqasida talqin etiladi. Jumladan, A. Nasafiy «... ulug’ olamning 
avvalu oxiri, zohiru botini, mohiyat va shakllarini anglab etish uchun o’zining 
mohiyatini, zohiru botinini anglab etkin. Bundan boshqa yo’l yo’q», degan edi. 
Nemis tarix falsafasi maktabi jahon falsafa fanining I. Gerder, V. Gumboldt, 
G. Gegel, I. Kant, A. Shopengauer, G. Rikkert, V. Diltey, E. Trelch singari yirik 
namoyandalarini etishtirib berdi. Mutaxassislarning fikriga ko’ra nemis tarix 
falsafasi 
ingliz-frantsuz 
ma’rifatparvarligi 
qarashlariga 
teskari 
bo’lgan 
yo’nalishni ishlab chiqdilar va o’z g’oyalarini ilgari surdilar. E. Trelchning 
xulosalariga ko’ra nemis va ingliz-frantsuz tarix falsafasi o’rtasidagi farq 
ko’zga yaqqol tashlanadi. Nemis maktabi o’zining diniy-mistik xarakteri bilan 
alohida ajralib turadi. O’z navbatida ingliz-frantsuz maktabi tarix cho’qqisini 
ma’rifatparvarlik ideallari orqali kashf etdi. 
Tarixiy taraqqiyotning universal kontseptsiyasi Gegel tomonidan vujudga 
keltirildi. Ayni u tarixiy dinamika nazariyasini yaratdi va bu sohada o’ziga xos 
olamshumul yangilikni vujudga keltirdi. Yoki boshqacha qilib aytganda, E. 
Trelch xulosalariga ko’ra «barcha tarixiy taraqqiyot nazariyalari qandaydir undan 
chekinganday, unga qarshi turganday ko’rinsada, biroq ularning barchasi uni 
butunlay inkor eta olmadi. Shuning uchun ham tarixiy dinamikaga doir barcha 
tadqiqotlar tarixiy dialektika tushunchasidan kelib chiqmog’i darkor». 
Ayni ana shu tarixiy dialektika tarixiy taraqqiyot dinamikasini, uning 
taraqqiyot qonuniyatlarini, rivojlanish omillarini o’zida mujassam etadi va barcha 
tarix 
falsafasiga 
doir 
qarashlar, 
yo’nalishlar, 
kontseptsiyalar 
va 
metodologiyalarga asos bo’lib xizmat qiladi. Tarixiy ana shunday holatdan kelib 
chiqib, K. Yaspers «Bu kontsentratsion lagerlarning real voqeligi, bu 
azoblovchilar va azoblanuvchilar doirasidagi kelishilgan harakat, inson ma’naviy 
qiyofasining bunday yo’qolishi barchaga halokat tahdidini soluvchi kelajak 
imkoniyatlaridan darak beradi... ushbu xavf atom bombasidan ham qo’rqinch-li, 
chunki u inson qalbiga tajovuz qiladi», deydi. 


88 
Bir qarashda Yaspers tsivilizatsiya oqibatlarini, fan-texnika taraqqiyoti 
natijalarini tushkunlik bilan qabul qilganday ko’rinadi. Biroq uning qarashlarida 
yuksak ko’tarinkilik, optimistik ruh yaqqol ko’zga tashlanadi. Xususan, insoniyat 
kelajagi to’g’risida gapirar ekan, har qanday tsivilizatsiya tasodifiy hodisa emas, 
aksincha, insonning aql-zakovati, fe’l-atvori mahsulidir, degan xulosaga keladi. 
O’tmishda yuz bergan barcha yutuqlar bilan birga tanazzullar va fojialarni butun 
ko’lami bilan anglab etish, undan zarur xulosalar chiqarish, buning uchun esa tiniq 
va keng qamrovli tafakkur kerakligini uqtiradi va, jumladan, shunday deydi: 
«O’tmishning fojialarini unutishga yo’l qo’ymaslik kerak. Negaki, bizdagi 
qo’rquv o’tmishda sodir bo’lgan voqealar qaytarilishi, tarqalishi, butun dunyoni 
qamrab olishi mumkinligi tufayli paydo bo’ladi. Biz xavf bilan faol kurashga 
aylanuvchi ushbu qo’rquvni saqlashimiz lozim». 
Shunday qilib, G’arb tarix falsafasi XVIII asrdan keyin jahon tarixini 
o’rganishning misli ko’rilmagan metodologik asosini yaratdi. Bu bevosita butun 
ko’lami, ilmiy-nazariy yaxlitligi, inson va uning mohiyati, insoniyat tarixi 
taraqqiyoti tajribalari haqidagi Sharq mutafakkirlari ilmiy-metodologik 
qarashlarining, falsafiy yo’nalishlari va g’oyalarining yangi tsivilizatsiyaviy 
shakli sifatida o’zini namoyon etdi. Zotan, G’arb mutafakkirlaridan biri «Hyp – 
Sharqdandir» degan edi. Bu dono bashorat har ikki ma’noda – hayot manbai 
bo’lgan quyoshning Sharqdan chiqishiga, tafakkur manbai bo’lgan aql-idrok, 
daholik quvvati va zakovat mo’’jizasi ham Sharqda yuz bergani va keyinchalik 
butun insoniyatni zabt etganiga haqqoniy ishora edi! 

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish