www.ziyouz.com
kutubxonasi
7
Yetib besh-olti qatra sutga muhtoj,
Ul o‘lsa to‘q, agar ul bo‘lmasa och.
Och o‘lsa yo‘q tili istarga ma’kul,
Bo‘lub o‘z holig‘a yig‘larg‘a mashg‘ul.
To‘q o‘lg‘ach daf’ig‘a yo‘q aqli yori,
Ne ul quvvatki bo‘lg‘ay ixtiyori.
Ishi majnun kibi band ichra topok,
Agar doya yumay jismini – nopok.
Ne man’i nola g‘avg‘osig‘a oning,
Ne satri avrat a’zosig‘a oning.
Necha yil ranju mehnat sondin ortuq,
Ne deykim, har ne desam ondin ortuq.
Bu san’atlar qilib olamg‘a sotting
Kim, oni odami xaylig‘a qotting.
Bu yerga tegrukim bo‘ldi shumori,
Anga yo‘q erdi hech ish ixtiyori.
Bu holat ichra tutmay oni ma’zur,
Yana qilding necha amringg‘a ma’mur.
Bu ishdur turfakim egriyu gar rost,
Qo‘ya olmas qadam bo‘lmay sanga xost
Ki, gar egriyu gar rost kilki taqdir,
Azalda aylamish ollig‘a tahrir.
Sanga ul kotib ilgida qalamdek,
Qalam no‘gi aro balkim raqamdek.
Raqam chekmakka kotib yo‘nsa xoma,
O‘shul damkim qilur tahriri noma.
Shuuri bormu ilgida qalamning,
Va yo ul xoma no‘gida raqamning.
Gar ul tahrir xatdur, gar nuqatdur,
Bilur kotibki tuzdur yo g‘alatdur.
Shuuri yo‘qlug‘i basdur guvohi
Ki, bu ishda qalamning yo‘q gunohi.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |