www.ziyouz.com kutubxonasi
10
Muanbar zulfidek kam soya bo‘lg‘ay
Ki, ul xurshedg‘a hamsoya bo‘lg‘ay.
Gul uzra sunbuli ochmoq ajabdur,
Quyoshqa soya chirmoshmoq ajabdur.
Chu aylab halqalar ul zulf raydo,
Bo‘lub mehr uzra kavkablar huvaydo.
Vayo ul Mushaf
8
uzra kilki taqdir,
Qilib Arsh o‘rnig‘a anjumni tahrir.
Emas mehr uzra kavkab – qil taammul,
Yuzi gulzori ochmish har taraf gul.
Bo‘lub ruxsorig‘a har sori gullar,
Jelilik barcha gardanbasta qullar.
Demon gul bandasidur bo‘yni bog‘lig‘,
Gadoedur to‘ni haryon yamog‘lig‘.
Quchoq birla tikan basdur kamohi,
Gadoliq tavrida oning guvohi.
Qadi xam bo‘ldi go‘yo bu mihandin,
To‘ni yirtug‘lari ham bu tikandin.
Tikan bo‘lmoqta a’dosig‘a xunrez,
Qilib Bathoda no‘gin xomadek tez.
Gar ilgi xoma sori qilmayin mayl,
Qo‘yub xattig‘a boshin yuz tuman xayl.
Necha choki giribon qildi xoma,
To‘kub ashkini afg‘on qildi xoma.
Ochib og‘zin qilay deb dastbo‘si,
Muyassar bo‘lmayin bu orzusi.
Chu bu davlatqa bo‘lmay komron ul,
Qaro og‘riqqa bo‘ldi notavon ul.
Dema noleki sihhat tormayin hech,
Tushubtur rishtai jonig‘a yuz rech.
Emas tirnog‘i uzra xoma gar shaqq,
Bo‘lub barmog‘i no‘gidan qamar shaqq.