www.ziyouz.com
kutubxonasi
60
Bo‘lub Boniyg‘a ul yanglig‘ mahorat,
Ki sharhidin kelib ojiz iborat.
Chekib bu qasri miynokor tarhin,
Kishi andoqki bir devor tarhin.
Suv uzra gunbazi gardun hisobi,
Anga soz etmak andoqkim hubobi.
Kelib har ne bino ul qilsa bunyod,
Yiqilmoqdin falak qasridek ozod.
Bo‘lub tufrog‘i oning xoradin berk,
Yasab ohakni ohanroradin berk.
Vale Moniy oningdek naqshbandi
Ki, naqshin charx anga naqshin rarandi.
Mudavvar mustaqim o‘lsa raqamkor,
Chekib andoqki jadval birla rargor.
Chu bog‘lab surati bejong‘a zevar,
Bo‘lub ul nav’kim ruhi musavvar.
Kelib ul naqsh kilki soyasidin
Ki, kelmay yuz qalam riroyasidin.
Kishiga tushda ta’lim etsa zohir,
QO‘pub ul uyqudin ustodi mohir.
Yana bir ustodi chobuk erdi
Ki, ham luk, san’ati ham nozuk erdi.
Qilib xoro safi birla masof ul,
Laqabda Qorani xoroshikof ul.
Chu metin no‘gini xopokan aylab,
Qatiq xoroni ravzan-ravzan aylab.
Chu nozuklukni aylab xomasi fan,
Bo‘lub bir lavh uza umre qalamzan.
Yana har nav’ ustodi yagona
Ki, ko‘rmay fannida andoq zamona.
Tilab borini dasturi xiradmand,
Ish ahvolidin o‘ldi nuktarayvand
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |