www.ziyouz.com
kutubxonasi
49
Anga farzona Farhod ism qo‘ydi,
Hurufi ma’xazin besh qism qo‘ydi.
Firoqu rashku hajru oh ila dard,
Birar harf ibtidodin aylabon fard.
Borin ustodi ishq etgach murakkab,
Tarakkubdin bu ism o‘ldi murattab
4
.
Malolat mahdida zor etti oni,
Bu qayd ichra giriftor etti oni.
Maalqissa chu torti mahd maskan,
Qafas davlat humoyig‘a nishiman.
Arusi charx tun-kun doyakirdor
Bo‘lub har tavri holidan xabardor.
BEshik davrida chiniyu xitoyi,
Bo‘lub yuz no‘shlab dastonsaroyi.
Ko‘zining nozi eldin eltib uyqu,
Anga uyqu keturmakka navogo‘.
Ko‘runmay o‘zga yoshlardek sifoti,
Ko‘ziga bo‘lmay uyqu iltifoti.
Sutikim, sog‘ibon og‘zig‘a doya
Ki jismi andin olg‘ay qutu moya.
Anga ichmak bo‘lub nokom yanglig‘,
Mavizu shirai bodom yanglig‘.
Ne qatra sut ichurgach doyai ishq,
Bo‘lub bir gavhari sarmoyai ishq.
Topib har qatra bir durdin nishoni,
Va lekin borchasi durri maoni.
Icharda mo‘rdin o‘ksuk g‘izosi,
Topib qut onchakim, arslon bolosi.
Birovkim ishqdin bo‘lg‘ay anga qut,
Sut ichsa dur bo‘lur, qon ichsa yoqut.
Bu yanglig‘ chun bir o‘ldi yoshi oning,
Sharaf durrig‘a yetti boshi oning.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |