www.ziyouz.com kutubxonasi
46
Bukim, bo‘lg‘ay bir o‘g‘ulning atosi.
Bo‘lub g‘ofilki, nekim kilki taqdir
Raqam chekti, emas imkoni tag‘yir.
Kishi har muddaodakim ko‘rar sud,
Yaqin ermas ani tormog‘da behbud.
Baso gavharki rangi ahmar erdi.
Ko‘rundi la’lu, tutqach axgar erdi.
Ko‘p asfar lavn soz etti zamona,
Ko‘rundi zarvaraq, erdi zabona.
Kishi komida sud ermas chu ma’lum,
Rizo avlo durur bo‘lg‘ong‘a maqsum.
Chu Xoqonning bu erdi muddaosi,
Ijobat qurbini topib duosi.
Shabistonida tug‘di bir yangi oy,
Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy.
Ochildi bog‘ida bir otashin vard,
Demaykim, vard, balkim shu’lai dard.
Kiyurdi ilgiga davron nigine,
Nigin o‘rnida la’li otashine
6
.
Yuzinda ishq asrori yozilg‘on,
Ichinda dard ta’vizi qozilg‘on.
Niginu la’l yo‘q, durri shabafro‘z,
Dema dur, gavhare – lekin jahonso‘z.
Eshilgan rishtasi tobi vafodin,
TEshilgan bag‘ri hakkoki qazodin.
Ko‘zida ashk selidin asarlar,
Damida oh dudidin xabarlar.
Muhabbat nuri ollinda huvaydo,
Jamolida vafo tug‘rosi raydo.
Falak deb dard elining shohi oni,
Malak deb dard o‘ti ogohi oni.
Tushub ishq ahli ichra har taraf jo‘sh,