www.ziyouz.com
kutubxonasi
281
Nechukkim anglamish erdi yako-yak,
Borin sayrodi andog‘kim chakovak.
Munga tegruki holo sog‘ emishtuk,
Yeri gah dashtu gohi tog‘ emishtuk.
Aodi xavfidin hosil farog‘i,
Bo‘lub a’dosining chashmu charog‘i.
Valoyatdin Ko‘rub holida rartav,
Ani vahm aylab o‘lturmakka Xusrav.
Vale aytibki, ul bemisli ayyom,
Agar ul marzdin qo‘ysa yiroq gom:
Ani asrar ulusni o‘ltururmen,
Ne o‘lturmakki, borin kuydururmen.
Bu vahmu bimdin ul bedili zor
Ki, Xusravdin birovg‘a yetkay ozor.
Kim, ul bo‘lg‘ay bu ozorig‘a bois.
Jafou qatlu timorig‘a bois.
Hamul tog‘ tegrasidin komu nokom,
Tuta olmas yiroqroq yerda orom.
Chu men oning bu ahvolin eshittim,
Anga bormay ravone sizga yettim.
Kim elning chinu yolg‘on so‘zlaridin
Ki, ko‘rrakni yasarlar o‘zlaridin.
Bilur erdimki Bonu qayg‘ulug‘dur,
g‘ami Farhod tog‘idin ulug‘dur.
Yana ham xo‘blar shohini anduh
Bilur erdimki tutmish ko‘h to ko‘h.
Dedimkim, sizga dey avval xabarni,
Qilay xandon burun gulbargi tarni.
Yana sizdin anga ham ko‘z tutay so‘z,
Borib oning yuzidin yorutay ko‘z.
Tavaqquf so‘zgakim dersiz etaymu,
Yo‘q ersa so‘z, anga botroq ketaymug‘
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |