www.ziyouz.com kutubxonasi
271
Chu bo‘ldi toqatiyu sabri barbod,
Chekib faryod qildi navha bunyod
Ki: «Yey zolim sirehri kinararvard!
Chiqording ushbu xoki jismdin gard
5
.
Tariqi zulm yo kin muncha bo‘lg‘ay,
Jafo qilmoqqa oyin muncha bo‘lg‘ay!
Ajal tig‘in chekib sursang ne bo‘ldi,
Meni bir qatla o‘ltursang ne bo‘ldig‘!
g‘aribu xastau mahzun emonmu,
Balo vodiysida majnun emonmug‘!
Anikim Tengri aylabtur zabardast,
Birovni ko‘rsa g‘urbat kojidin rast,
Kerak lutfu karam bo‘lg‘ay shiori,
Yo‘q ersa qilmag‘ay ming zulm bori.
Qayon bordi sening ozarming oxir,
Qaro tufroqqa mehri garming oxirg‘!
Necha jonimg‘a mundoq kecha bo‘lg‘ay,
Kecha jonimg‘a mundoq necha bo‘lg‘ayg‘
Boshimg‘a ko‘rki ne tun kelturubsen,
Demon tun, ne qaro kun kelturubseng‘
Qayu tun, qiyrgun ming devi xunxor,
Meni qilding bularg‘a qatl uchun xor.
Necha ming yil qilib sayr emdi tolding,
Va yo baxtim kibi uyqug‘a qoldingg‘
Degil har kungi goming qoni oxir,
Har oqshomg‘i xiroming qoni oxirg‘
Magar men oh o‘qin otkonda kori,
Ayog‘ing bo‘ldi ul o‘qlar figori.
Agar afgor emassen, bir qadam ur,
Gar o‘lmaysen, chiqorg‘il subh, dam ur.
Ul oy hijronida holimg‘a rahm et,
Qaro shom ichra ahvolimg‘a rahm et!»