www.ziyouz.com
kutubxonasi
270
Usholib ilgi hijron ranjasidin,
Ayog‘din boshi g‘am ishkanjasidin.
Tani za’fiki yo‘l bermay demakni,
Ayon aylab teri uzra so‘ngakni.
Ichinda sham’ o‘tluq joni ma’yus,
Teri birla so‘ngok andoqki fonus.
Falak toshu o‘ti aylab siteza,
Qilib teshuk-teshuk, bal reza-reza.
Solib g‘am tog‘i ichra rechu tobi,
O‘zin yerlarga urmoq iztirobi.
O‘larda jon taloshur notavondek,
Kamarda boshi yonchilg‘on yilondek.
Ajal xanjarlari jismini darron,
O‘tub andin ajal g‘avg‘osi rarron.
Urubon lahza-lahza tosh uza bosh,
Boshin pargola-pargola qilib tosh.
Harorat andog‘ aylab jismig‘a kin
Ki, topib o‘tdin oning so‘zi taskin.
Tani tufroqqa tushgach betaammul,
Hamul dam jismidin tufrog‘ o‘lub kul.
Ani har dam bu nav’ aylab bahona,
Qaro tufroqqa o‘lturtub zamona.
Topib ul tabda chun tabxoladin bahr,
Suyidin og‘zig‘a har dam oqib zahr
4
.
Zamona zahr solib har zamoni.
Og‘izda talxkom etmokka oni.
Bu yanglig‘ hol ila ul shomi anduh,
Anga anduh yuklab ko‘h to ko‘h.
O‘tub hijron sirohi xayl bar xayl,
Damo-dam boshi uzra o‘ylakim sel.
Ko‘runub ming balo har dam ko‘ziga
Ki, bir soat kela olmay o‘ziga.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |