www.ziyouz.com kutubxonasi
232
Tutub erdi aning ustida maskan
Ki, bo‘lg‘ay razm vaqti xoraafkan.
Kelib Xusrav ham aylab jahdu ta’jil,
Yiroqroq tushti qo‘rg‘ondin yarim mil.
Adaddin ko‘p sirohin chun tushurdi,
Tamosho aylay Arman sori surdi.
Humoyun mavkibida ming dilovar,
Aning birla surub ul yon takovar.
Hisor atrofida solib nazar tez,
Bo‘lub har lahza nav’i fikratangez.
Nazora aylar erdi har zamone,
Ko‘rar erdi yer uzra osmone
3
.
Ne topib olmog‘i sa’yida behbud,
Ne kelmakdin rushaymonliq etib sud.
Tutub Farhod ul tosh uzra manzil,
Nechukkim dur qilur bosh uzra manzil.
Nazar Farhodg‘a chun soldi Rarvez,
Degil ko‘ksiga tegdi dashnai tez
4
.
Dedi: «Ul bulajabvash odamizod
Ki, ko‘rgach oni ko‘nglum bo‘ldi noshod;
Tafahhus aylangizkim, ne kishidur
Ki, xotirni hazin qilmoq ishidur».
Birov farzona sori surdi otin,
Yetib Xusrav tilidin so‘rdi otin.
Dedi bedilki: «Ot ahli emasmen,
Otim tutmoqqa dog‘i arzimasmen.
Qazodin o‘yla tufroq o‘ldi zotim,
Kim ul tufroq aro Kim bo‘ldi otim.
Ichimga ishq o‘tidin tushkali dud,
Ne otim, balki zotim bo‘ldi nobud.
Meni ot anglamakdin ishq etib yot,
Men otdin yotu mendin yot o‘lub ot.