www.ziyouz.com
kutubxonasi
231
Ne qo‘rg‘on, bir hasinu berk qo‘rg‘on,
Falak hisnini arkidek yashurg‘on.
Samon oshlig‘ toshig‘on yo‘l nishoni,
Falak yanglig‘ yonida Kahkashoni.
Tutub har kungiri keynida orom,
Muborizshevae andoqki Bahrom.
Chiqib boru anga gardung‘a tegru,
O‘tub xandaq yana gardung‘a tegru.
Yazak qilsa tutub ul avj bora,
Kecha xandaq suyi sori nazora,
Quyi kavkabni ko‘rguzgay safodin.
Kavokib aksi tushgandek samodin.
Bu mahkamliq bila oncha zaxira
Ki, idpokida qolib aql xira.
Suhovash donasin dastosi gardun,
Ming yil davr etsa bo‘lmay tortmoq un.
Hamaldek qo‘zi yuz mingdin ziyoda,
Uy anda suvr yanglig‘ poda-poda
1
.
Yana har jinsi kiymak yo yemakdin,
Bo‘lub kasratda mustag‘ni demakdin.
Bo‘lub Bonuyi korogahg‘a resha,
Hisor ahlini zabt etmoq hamesha.
Pari raykar bila Bonuyi sardor,
Qilib Farhodni dog‘i xabardor.
Anga zohir etib ul ish qiyosin,
Qilib qo‘rg‘onga kirmak iltimosin.
Parining so‘zini ul yerga solmay,
Parining xotiridin kecha olmay,
Qo‘yub nokomdin qo‘rg‘on sori gom,
Vale toshqori tutmish erdi orom.
Topib ul qal’aning toshida bir tosh
2
,
Kim ul ko‘k qal’asidin o‘tkarib bosh.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |