Landshaft dizayni va interyer


Ijodiy izlanish bosqichi -



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/70
Sana15.02.2022
Hajmi2,26 Mb.
#449457
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70
Bog'liq
interyer loyihalash va arxitekturaviy grafika

Ijodiy izlanish bosqichi - 
talabaning tayyorlanish jarayonida tо‘plagan 
materiallariga, egallagan bilim va tushunchalariga asoslanadi. Bu bosqichning asosiy 
vazifasi о‘quv loyihaning mavzusiga kо‘ra uning me’moriyyechimini izlash va 
g‘oyasini yaratishga qaratiladi. Bu bosqichda talabani ijodiy iqtidori, intuitsiyasi va 
talanti muhim ahamiyat kasb etadi, rahbar (pedagog – me’mor)ning talaba bilan 
ishlash tajribasi talabaga "nima va uni qanday qilish kerak?" degan savollarga nafaqat 
nazariy, balki amaliy yordam kо‘rsatishi, "men qanday qilsam, sen ham shunday qil 
va mendan ham yaxshi qil!" qabilida javob berishi muhim rol о‘ynaydi. Xullas, 
о‘qituvchi talabani ijod eshigiga yetaklashi, uni ijod "zali" muhitiga olib kirishi, ijod 
adaptatsiyasini о‘tishiga kо‘mak berishi kerak. 


90 
Ijodiy izlanish jarayonini loyihalashda ketma – ket uch fazaga bо‘linadi: 
klauzura, eskiz – g‘oya va dastlabki qoralama (mussavada) bajarish. Klauzura 
lotincha "claucere" sо‘zidan olingan bо‘lib, "berkitmoq" degan ma’noni beradi, 
buning ma’nosi qadimgi akademik maktablarida klauzura ustida ishlayotgan talabalar 
о‘zaro bir biriga ta’sir kо‘rsatmasin deb, ajratib va berkitib qо‘yilganidan kelib 
chiqgan. Klauzuraning maqsadi talabalarning loyiha mavzusiga nisbatan shaxsiy 
tasavvurini aniqlash, talabadagi qobiliyatni me’moriy ijod va kompozitsiya yaratishga 
safarbar etishdir. Klauzura erkin shaklda bajarilib, unda bо‘lajak ob’yektning hayoliy 
hajm – rejaviy va tektonik g‘oyasini ifodalovchi istalgan grafik vositalar qо‘llanilishi 
mumkin. Topshiriqlarning murakkabligiga qarab klauzura bir necha soatdan 2 – 3 
kungacha о‘qituvchi maslaҳhtisiz va yordamisiz bajariladi. Klauzura tugatilgach, u 
о‘qituvchi tomonidan baholanadi. Klauzura talabaning ijodiy kompozitsiyaviy 
saviyasi va malakaviy imkoniyatlari qay darajada ekanligini aniqlashda yordam 
beradi. Pedagog talabaning klauzurada yо‘l qо‘ygan kamchiliklari va ijobiy 
tomonlarini kо‘rsatib berish yо‘llarini tushuntirishi zarur. Izlanish bosqichida 
klauzura uslubi talabalarning mustaqil ijodiy ishlash malakasini egallashlariga 
kо‘maklashadi, talaba о‘z ishidan qoniqish hosil qilishiga va ijodiy izlanishlarning 
ikkinchi asosiy fazasi – eskiz g‘oya yaratish imkonini tug‘diradi. 
Eskiz – g‘oyada loyihalanayotgan ob’yekt talabalarning birinchi ijodiy fazasi 
(tahmin) shaklida bir necha variatnlarda tasvirlanib kо‘rsatiladi. Klauzurada aniq 
sezilmagan kompozitsion masalalar eskiz – g‘oyada о‘z ifodasini topishi zarur. Eskiz 
– g‘oya ustida ishlashning natijasi shuki, unda talaba о‘zining me’moriy g‘oyasini 
ma’lum bir yо‘nalishga tushirib oladi. Bu davrda о‘qituvchi talabaga uni cheklovchi 
shartlar qо‘yishi mumkin. Bu shartlar ob’yektning muayyan qurilish joyi, tabiiy shart 
– sharoitlar, relyef, qurilish ashyolari va ob’yektni qurilmalari bilan bog‘liq 
holatlardan kelib chiqishi mumkin. Ushbu shart sharoitlarni hisobga olish ijodiy 
izlanishni tо‘g‘ri yо‘naltirishga yordam beradi. Shundan sо‘ng loyihaning dastlabki 
musavvada vazifasiga о‘tiladi. 


91 
Bu fazada talabaning tanlangan eskiz – g‘oyasidagi asosiy yо‘nalish bir necha 
variantlarda qoralama shaklida taqqoslanib kо‘riladi, xatolar aniqlanadi. Ijobiy 
tomonlar rivojlantiriladi va umumlashtiriladi.
Dastlabki musavvada – bu izlangan variantlar bо‘yicha g‘oyaviy kompozitsiyani 
aniqlashtirish, ularni tahlil va talqin qilish, qiyoslash, ijodiy umumlashtirish orqali 
loyihani ilk fazasidan birinchi eskiz shaklidagi kо‘rinishga keltirishdir. 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish