O karimova huquqshunoslik



Download 360,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet142/184
Sana15.02.2022
Hajmi360,45 Kb.
#449246
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   184
Bog'liq
huquqshunoslik

Ozodlikdan mahrum qilish
eng og‘ir jazolardan biri
hisoblanadi. Bu jazo aybdorni jamiyatdan ajratilgan
sharoitda unga majburiy ta’sir choralari ko‘rsatish zarur
bo‘lganda qo‘llaniladi.
2008-yil 1-yanvardan boshlab o‘lim jazosi 
umrbod
ozodlikdan mahrum qilish
bilan almashtirilgan. Bunday
jazo o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan voyaga yetgan shaxs-
larga nisbatan qo‘l lanadi.
Jazoni qo‘llashda uni 
yengillashtiruvchi
yoki 
og‘ir-
lashtiruvchi
holatlari inobatga olinadi.
Quyidagi holatlar jazoni yengillashtiruvchi holatlar
deb topiladi:
a) aybni bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilish, chin
ko‘ngildan pushaymon bo‘lish yoki jinoyatni ochish
uchun faol yordam berish;
b) yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qi lish;
d) og‘ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki
boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish;
e) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihati-
dan yoxud boshqa jihatdan qaramlik sababli jinoyat
sodir etish;
f) jabrlanuvchining zo‘rlik, og‘ir haqorat yoki
bosh qacha g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga
kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat
sodir etishi;
g) zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli
chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy
xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki
xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilikda
zarar yetkazish;
h) voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi;
i) homilador ayolning jinoyat sodir etishi;


135
j) jabrlanuvchining g‘ayriqonuniy yoki axloqqa zid
xulq-atvori ta’siri ostida jinoyat sodir etishi.
Jazoni og‘irlashtirish holatlariga O‘zbekiston Res pub -
likasi JKning 56-moddasiga binoan quyidagi holatlar ki-
radi:
a) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nis-
batan;
b) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nis-
batan;
d) xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchini bajarganligi
munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarin 
-
doshlariga nisbatan;
e) aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan
yoki boshqa jihatdan qaram shaxsga nisbatan;
f) o‘ta shafqatsizlik bilan;
g) ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan usulda;
h) yosh bola yoki ruhiy kasalligi aybdorga ayon
bo‘lgan shaxsdan foydalangan holda;
i) jinoyat natijasida og‘ir oqibatlarning kelib chiqqan-
ligi;
j) umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda yoki
favqulodda holat vaqtida yoxud ommaviy tartibsizliklar
jarayonida;
k) g‘arazli yoki boshqacha past niyatlarda;
l) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida;
m) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til birik-
tirgan holda yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma
tomonidan;
n) ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning
takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi;
o) mastlik holatida giyohvand, psixotrop yoxud
kishining aql-idrokiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar
ta’siri ostida jinoyat sodir etish.
Jinoyat qonunlarida javobgarlikdan va jazodan ozod
qilish turlari ko‘rsatilgan. Sodir etilgan qilmish uchun ji-
noiy javobgarlikdan ozod qilishning imkoni yati ma salasi
ikki omildan iborat bo‘ladi:
VII b o b. Jinoyat huquqi


136
Huquqshunoslik
a) shaxs jinoyat belgilarini ifodalagan qilmishni sodir
etganda, shuningdek, uni jinoiy javobgarlikka tortish
uchun barcha asoslar mavjud bo‘lmaganda;
b) mazkur shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etish
uchun barcha qonuniy asos va shart-sharoitlar mavjud
bo‘lgan holatlarda.
Javobgarlikdan ozod qilish javobgarlikka tortish
muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan, qilmish
yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi muno 
-
sabati bilan, aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘n 
gildan
pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan, kasalligi tu-
fayli, amnistiya akti asosida amalga oshiriladi.

Download 360,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish