.«Lison ut-tayr» asarida realiyalar tarjimasi xususida.
«Lison ut-tayr» asarida ham realiyalar tarjimasi alohida o‘rin egallaydi.
«Lison ut-tayr» asaridagi realiyalarni quyidagi guruhga bo‘lishimiz mumkin:
44
• Kiyim bosh, oyoq kiyim realiyalari tarjimasi.
• Kasblar nomlarining tarjimasi. •Tasavvuf atamalari tarjimasi.
• Diniy atamalar tarjimasi.
• Nomlar va ismlar tarjimasi.
«Lison ut-tayr»dagi kiyim boshlarga asoslangan muammolar.
Vaqt zamon zamon o‘zgarishi bilan odamlar ham, ularning yashash tarzi,
qiziqishlari va xatto kiyinishlari o‘zgaradi. Qadimda o‘zbek ayollari uzun
beqasam cho‘ponlar, englari juda keng atlas ko‘ylaklar, boshlariga tillaqosh va
zeb ziynatlar taqishgan, oyoqlariga kavushlar kiyishgan. Xrzir esa bunday
kiyimlar kiyish kundalik qayotda foydalanilmaydi. Yoki erkaklar salla, cho‘pon,
yaxtak, oyokdarida maxsi kalish bo‘lgan. Qozirda bu kiyimlar kostyum shim,
yokali ko‘ylaklar, tuflilar bilan almashtirilgan. Bu liboslar umuman iste`moldan
chiqib ketmagan, faqat ularning o‘rnini zamonaviylari egallagan. Bunday milliy
kiyimlarsiz (cho‘pon, do‘ppi, salla, atlas ko‘ylak, nimcha, kavush) o‘zbek millati
o‘z milliyligini yo‘qotadiku!
Lekin bir tildan ikkinchi tilga milliy kiyimlarning, poyafzallarning,
taqinchoqlarning va bosh kiyimlarning nomlarini izohlab, ko‘rsatib, tasvirlab yoki
tarjima qilib berish katta va mashaqqatli ishdir. Bir biriga yaqin qarindosh
tillardan qilinadigan tarjimalarda bu katta muammo tug‘dirmasligi mumkin, lekin
uzoq tillar uchun bu o‘ta murakkab holdir. Chunki xalqlar yiroq, til oilalari ham
boshqa boshqa. Bundan tashqari turli xalqlarning jumladan: G‘arbliklarning
yashash
tarzi,
madaniyati,
kiyimlari,
bosh
kiyimlari,
poyafzallari
sharqliklarnikidan farq qiladi.
Demak, tarjimon oldida XV asrda yashagan o‘zbek xalqining (odamlarning)
kiygan kiyimlari ingliz kitobxoniga etkazish va ularda o‘zbeklar haqida, tasavvur
hosil qilish muammosi paydo bo‘lgan.
Bu muammolar quyidagilar:
Shayx yuvinib hirqa kiydi (34 b).
Bir kuni u aysh jomidan nush etayotib ko‘chadan o‘tib borayotgan janda kiygan
ikki darveshni ko‘rdi.
45
Beliga zunnorni mahkam bog‘lab kofirlarni o‘zimdan xursand qilay (322 b).
U hiyla bilan egniga xizrnikiga o‘xshash yashil chakmon tashlab olgan bo‘lib, o‘z
nafsini ana shu yashil rang bilan xursand qilib yuradi. (298 b).
Uni ushlab olib, soyaboni va tojini boshiga urdilar bo‘yra to‘nini esa buzib
kuydirib yuboradilar.
Chunki bu murid kiyadigan xirqa toza matodan bo‘lib, u qizil yashil va sariq
nakshlar bilan ziynatlangan edi. (356 b).
Egnigdagi yashil libosing bilan shohni izla yo‘ldan ozganlarga Xizr kabi yo‘l
ko‘rsat (291 b).
Zuxdu tasbehu ridongizdan uyat sizga! Kovush, salla va hassangizdan uyat sizga!
Bu damda qo‘lidagi hassasi xuddi uy ustuniga o‘xshash uning gavdasini suyab
qoldi.
Bu masxaraboz o‘z boshiga kungurali toj qo‘ydi (300 b).
Chunki menga toj nasib etgan, boshimda oltin tumog‘a zar tojim bor. (300 b).
Beliga zunnorni mahkam tang‘ib, bu tasavvuf peshvosi bo‘lgan SHayxni
kofir qiladilar. U maet holda but oldida sajda qildi, egnidagi pirlik xirqasini
olovda ko‘ydirdi va «kallamul lohni» o‘tga tashladi. (336 b).
Ko‘ylagiga rangbarang go‘zal naqshlar solingan bo‘lib, ularda Rum va
farang ustalarining jon chekib mehnat qilganliklari ko‘rinib turibdi. (326 b).
Bu tubantabiat yana shunga teng keladigan boylikni to‘niga gir aylantirib tikib
olgan edi. (362 b).
Yuz ming iltijo bilan egniga janda kiydi. (375 b).
Ammo uning qo‘lidan janda kiygan devonani ishini qilish kelmaydi.
(397 b).
Kiyim tikuvchi o‘z ustaxonasiga borib shoh kiyimi uchun zarbof to‘n
tikmoqqa ish boshladi.
Yuqoridagi jumlalardagi ajratib ko‘rsatilgan kiyim nomlariga quyida izoh
berishga xarakat qilamiz. Xirqa Dag‘al matolardan, qurab tikilgan libos,
darveshlar kiyimi. Juldur kiyim.
46
Janda Darveshlar va qalandarlarning uloq quroq to‘ni. Zunnor (arabchilvir)
charmdan yasalgan maxsus kamar belbog‘. Arab xalifaligi davrida musulmon
davlati xududida yashab boshqa dinga e`tiqod qiluvchilar asosan (yaxudiylar,
xristyanlar) musulmon emasligining belgisi sifatida zunnorni taqishgan. Chakmon
odatda jun matodan tikiladigan erkakcha uzun to‘n. Bo‘yra to‘n Tozalangan
qamish cho‘pidan to‘qilgan to‘n (cho‘pon). Kovushpoyafzal turi, odatda maxsi
bilan yoki sappoychang kiyiladigan oyoq kiyim turi. O‘zbeklarning milliy oyoq
kiyim turi. Salla Nomozxon erkaklar boshiga kiyadigan, uzun oq mato. Hassa
Qo‘lda tutib erga tirab tayanib yurish uchun silliq qilib ishlangan uzun tayoq.
Zarbof to‘n zarda naqshlar bilan tikilgan to‘n.
Ana endi bu so‘zlarning muqobillarini ko‘rib chiqamiz.
The Shaik washed himself and put on the customary Muslim clothes (73 p).
One day when he was in his visual state of inebriation he saw two dervishes
clothed in robes pass him on the street (89 p).
Let me inside the unbeliever's tavern tie on the Christians belt and hang the
icon (51 p).
He had a green coat on like the one Hizr used wear and his lust was
satisfied by that green color (26 p).
They stick down his fan and crown from his head and his . grass robe was
destroyed and burnt (40 p).
This dervish was wearing the clothes of a Sheikh, the material was new and
his robes were decorated with green and yellow ornaments.
See the king with your green coat and show the way for the lost ones as
Hizr (19 p).
Shame on you for your religious garb, for your Islamic foot wear and staff .
At that moment the staff in his hand buttressed his body just like a house pillar.
Finally the clown put a notched crown on top of his head. (310 p).
They call me the king of birds because I was bestowed a golden helmet.
The metal cap that is used for trained hunting falcons in Central Asia (38 p).
47
They tightened the Christians cord around his waist and the Sufi leader
became an unbeliever. In his drunken state, he worshiped in front of the idol
burned the tattered remains, of his old robes of authority and flung the Quran in to
the fire (66p).
Her dress had color on color and beautiful decoration. One could observe
the soul bearing labor done by Roman and Europe expert (55 p).
This dervish was wearing the cloths of a sheik, the material was new and
his robes were decorated with green and yellow ornaments (87 p).
This harsh man also had his robe stuffed with a comparable amount of
treasure (94 p).
And with one thousand pleas and clothed himself in the rags of a dervish
(94 p).
However, it cannot do what dervishes who wear tattered clothes can do
(129 p).
He tore his robe, threw down his turban and mourned for the person who
had fallowed his advice.
A tailor went to his workroom and began to make a brocaded robe for the
Shah to wear (124 p).
Finally the clown put a notched crown on top of his head. (310p).
Footwear — boots and shoes. The word is used chiefly by tradesmen.
Turban — a long piece of cloth wound round the head. It is warm chiefly by men
in India.
Staff — a strong stick or pole, longer than a walking stick, used to help a person
in climbing or as a weapon.
Lison ut tayr» dagi kiyim realiyalari nomlari.
Bunday realiyalarning ingliz tilidagi tarjimasi,ularning anglatgan ma`nolari
quyidagicha:
Xirqa - an`anaviy musulmonlar kiyimi - Customary Muslim clothes;
Janda - xalat (cho‘pon)- Robe
Zunnor - xrist‘yanlik belbog‘I - Christian's belt
48
YAshil chakmon - Green coat yashil pal‘to
o‘yra to‘n - o‘tdan(maysadan tikilgan) cho‘pon - Grass robe;
Xirqa - shayxning kiyimi - The clothes of a sheik
Kovush - Islamic footwear
musulmonlarning oyoq kiyimi.
Turban - Salla
Xassa - Staff- hassa(uzun tranadigan)
Rido - Religious garb - diniy libos
Kungurrali toj
Notched crown - o‘yma toj
Oltin tumog‘a
Golden helmet - oltin qalpoq
Zunnor - Christians cord - xristyanlik belbog‘
Pirlik xirqa - Old robe - eski chupon
Ko‘ylak - Dress- ko‘ylak
Xirqa - Sheiks robe - shayxning to‘ni
To‘n - Robe - to‘n, cho‘pon
Rags of a dervish - Darveshning laxtak kiyimi
Tattered clothes - nyirtiq, juldur kiiim
Brocaded robe - zar to‘n
Misollardan ko‘rinib turibdiki o‘zbek milliy kiyimlarning nomlarini boshqa
tilga o‘girish ancha mas`uliyat, bilim, mahorat, mulohaza talab etadi. Lekin ayrim
so‘zlarni kanday ma`no anglatishini xatto o‘zbek millati vakillari bilmasligi
mumkin. Bunga sabab, bu so‘zlarning arxaik so‘zlarga aylanib, iste`moldan
chiqib ketgani. Masalan: Bo‘yra to‘n qamish cho‘pidan tikilgan cho‘pon. Xozirgi
vaqtda bunday cho‘ponlarni hech kim yasay olmaydi va kiymaydi. Bunday
cho‘ponlarni qadimda cho‘ponlar, qalandarlar kiyganlar. XV asrga xos bo‘lgan
kiyim turini nomini «bo‘yra to‘n»ni tarjimon "grass robe" o‘tdan yasalgan to‘n
deb o‘girgan. Fyodorovning fikricha realiyalarni tarjima qilishda, shu so‘zlarning
asliyat tilida tutgan o‘rnini va anglatgan ma`nosini bilish kerak. Agar shu so‘zlar
49
asliyatda muhim o‘rin egallab asosiy g‘oyani etkazsa, uni transkriptsiya qilish
lozim. Agarda bu realiyaga asliyatda kam urg‘u berilsa, uni boshqa so‘z bilan
ham almashtirish mumkin. endi «bo‘yra to‘n» asliyat qikoyatida qanday o‘rin
egallaganligini ko‘rishimiz zarur.
Hikoyat, bir podshoni ko‘ngil yozish niyatida mamlakatga to‘y bergani
haqida. Bu to‘yda butun mamlakat axdi boshdan oyoq yasanib ko‘chalarda bazm
qiladi. Bir birlariga shirin so‘z aytib katta tantana o‘tkazadilar. Odamlar orasida
bir behayo razil kishi o‘zini bo‘yra shohi deb e`lon qiladi. Uning ustidagi kiyimi,
boshdan oyoq bo‘yradan bo‘lib, do‘stlari ham shu kiyimda edi. Demak bo‘yra
to‘n asliyatda urg‘u bilan ajratilgan. Bu ta`rif, kiygan kiyimi orqali biz bu
odamning fe`l atvorini, qarashlarini, hatti xarakatini bilib olamiz. Tarjimada esa
«bo‘yraqamish», «strawsomon» tarzida o‘girilgan. «A detestable person
proclaimed himself to be the king of straw on top of his clothes from head to foot
there was a straw friends dress up the same way»(7. 40)
"Grass robe" o‘tdan yasalgan cho‘pon jumlasigacha hikoyatda u odamning
kiyimi nimadan yasalganligi haqida so‘z yuritilgan. SHuning uchun kitobxon
"Grass robe" deganda "Straw robe" somondan yasalgan cho‘ponni tushunadi. Bu
holda transkriptsiya vositasidan foydalanish mumkin ediku? Agar tarjimon
«bo‘yra to‘n» ni «Viuga to'n» yoki «Viuga robe» tarzida o‘girganda kitobxon bu
g‘ayrioddiy libos nima bo‘lishi mumiknligiga ko‘p o‘ylanar edi va hikoyat
tushunarsiz bo‘lishi tabiiy. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki tarjimon doimo
ijodiy fikrlashi, ishga kitobxon nuqtai nazari bilan qarashi va tarjimaning eng
samarali usullaridan foydalanishi tarjimaning o‘quvchiga manzur bo‘lishiga asos
yaratadi. Yana bir libos borasida so‘z yuritsak.
Ustoz va shogird, pir va murid munosabatida shogirdning ustozga nisbatan
xurmati, izzati, ustozini qadrlash muhim o‘rin egallaydi. Insoniyat yaralibdiki,
ustoz va shogird, o‘qituvchi va o‘quvchi, o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi, pir va
murid kabi tushunchalar uning hayotida muhim rol‘ o‘ynab keladi, zero hayot
davom etishi uchun kishilar birbirlariga o‘rgatishlari va birbirlaridan o‘rganishlari
zarur. Ustozlar o‘rgatadi, shogirdlar esa o‘rganadilar. O‘z navbatida shogirdlar
50
ustoz bo‘ladilar. Ustoz tushunchasi kasb, xunar, ilm, ta`lim, taxsil berayotgan
o‘qituvchi, kishi tushuniladi. SHogird deganda biron kasb, xunar, ilm, ta`lim,
taxsil olayotgan o‘quvchi, kishi tushuniladi. Ustoz va shogird tushunchalari bir-
biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, biri ikkinchisini taqozo etadi. Ular o‘rtasidagi
munosabat ma`lum talablar, qonuniyatlar asosida o‘rnatiladi. Bu hakda tanikli
adabiyoshunos olim G‘aybulla as-Salom quyidagicha fikr bildirgan: «Ustoz-
shogirdchilik maxsus shartnoma asosida muayyan bir muddatga tuziladigan
axdlashuv sherikchilik shirkati emas. Bu qalb amri bilan amalga oshadigan
jarayon, chirmashib xosil bo‘ladigan insoniy qotishma, muqaddas birlik,
parchalanmas ittifoq, oqibatli ustod iste`dodli shogird uchun tayanch, ixlosmand
va nuroniy ustodning qanoti» (G. as Salom 1996 926) Barcha masalalarda
milliylik o‘z aksini topgani kabi ustoz va shogird munosabatlarida ham turli
xalqlarga xos xususiyatlari o‘z aksini topadi. SHu munosabat bilan sharqona
ustoz va shogird munosabati ham boshqa millatlardan ko‘p jihatlari bilan farq
qiladi. SHarq xalqlarning bosiqligi, har qanday keskin vaziyatda ham masala va
muammolarni tinchlik, muzokara, munozara, yo‘li bilan xal qilish, hayotning
negizi kundalik mehnat ekanini tan olish, otaonalarga hamda farzandlarga alohida
mehribonlik bildirish, boylik yoki shonshuxratga, yuksak lavozimlarga erishgan
bilan inson zoti osmonga ustun bo‘la olmaydi deb hamma vaqt o‘zini tiya bilish
sharqona xususiyatlardan hisoblanadi.
Qadimda ham pir va murid muomalasida ayrim talablar bo‘lib ular:
1. Suhbat ta`limi.
2. Xirqa kiygizish.
3. Zikr talqini. Bo‘lgan.
Shayx Saididdin Farg‘oniyning aytishicha, xirqa (darveshlarning maxsus
kiyimi) ikki hil bo‘ladi. Irodat xirqasi — muayyan shayx sulukiga ta`luqligini
bildiradi. Tabarruk xirqa —ko‘p shayxlardan olish mumkin bo‘lgan kiyim.
Shu kabi bo‘rk, quloq ko‘ylaklar ham tabarruk tuhfa sifatida qabul
qilingan. Talqini zikr ham bitta shayxdan olinadi, ammo suqbat ta`limini kishi
istagan shayxdan olishi mumkin. Xirqa kiydirish va zikr talqining o‘ziga xos
51
marosimlari, talablari bo‘lgan. Xirqa so‘zining lug‘aviy ma`nosi bizga ma`lum.
Dag‘al matodan tikilgan darveshlar kiyimi. Shayx yuvinib egniga xirqa qiydi. Bu
misolda ran Shayx San`on haqida ketayapti. Shayx San`on Ka`bada avliyo
kishilar va qavmni etaklovchilar orasida xuddi payg‘ambar va qavmni
etaklovchilar orasida xuddi payg‘ambar o‘z sahobalari bilan turgandek turar edi.
U barcha Shayxlarning shayxi edi.
Demak uning libosi ham shayxlarnikidek bo‘ladi. Yoki bu misol: Chunki
bu murid kiyadigan xirqa toza matodan bo‘lib, u qizil, yashil va sarik nakshlar
bilan ziynatlangan edi.
Bu misolda ham muridning kiyimining ranglari, naqshlari ta`riflangan. Bu
ikki misolda SHayxning va muridning liboslari yuqori sifatli, go‘zal matolar va
naqshlar bilan bezalganini tushunishimiz mumkin. Bu o‘rinda «xirka» so‘zining
lug‘aviy ma`nosi kontekst mazmuni va g‘oyasiga moe kelmaydi. endi bu kiyim
nomlari ingliz tiliga qay tarzda o‘girilganini ko‘rib chiqamiz. Birinchi misolda
«xirqa» so‘zi «customary muslim cloth» «an`naviy musulmonlar kiyimi» tarzida,
ikkinchi misolda «xirka» so‘zi «the cloth of sheikh» «shayxlar libosi» tarzida
inglizchalashtirilgan. Shayx egniga an`naviy musulmonlar kiyimini kiydi degan
jumla kitobxonlar ko‘z oldilariga zarlar bilan tikilgan cho‘ponni tasavvur etadilar.
Bu esa «xirqa» so‘zini «khirqa, hirka» so‘zi orqali ifoda etishdan ko‘ra
tushunarliroq va samaralirok Ikkinchi misolda ayrim noaniklik bor. Asliyatda
so‘z murid haqida boradi. Murid (arabergashuvchi) pir yoki eshonga qo‘l berib,
sufiylik yo‘liga kirgan shaxs. (Islom. 126 b) Shayx Abu Turob Naxshabiy
hikoyati. Pok tabiatli xahiqitni aniqlovchilardan bari, xaqqa vosil bo‘lgan Abu
Turob Naxshabiy bir muridning xoliga nazar solib unda zebu ziynat nishonasini
ko‘rar edi. Chunki bu murid kiyadigan xirqa toza matodan bo‘lib, u qizil, yashil
va sariq naqshlar bilan ziynatlangan edi. Bu misolda shayxga shogirdlikka
tushgan o‘quvchining kiyimi tasvirlangan. Tarjimada esa «murid» so‘zi
«darvesh» so‘zi bo‘lib o‘tgan.
"Abu Turob Nakhshabiy set the standard for purity of nature and lived in
union with God. Once he glanced upon a dervish and caught a glimpse of some
52
jewelery on him. This dervish was wearing the clothes of a sheikh, the material
was new and his robes were decorated with cjreen and yellow ornament."
Yuqorida
aytganimizdek
«xirqa»
shayxlar
libosi
sifatida
inglizchalashtirilgan. Lekin darvesh bunday qimmatbaho kiyimni kiyib shayx
xuzurida unga shogird bo‘lishi mantiqsizlik. Muridni darvesh deb ifodalash
hikoyatning mazmuniga bir oz noanikdik kiritadi.
Agar da so‘z o‘zbeklarning otaxonlari haqida borsa bu nuroniylarni oppoq
soqollari, oq yaxtak, cho‘pon, kavush, xassa, do‘ppi yoki salla bilan tasavvur
etamiz. Ko‘pincha sallani yoshi ulug‘ bobolar va dindor kishilar o‘raydilar.
Sallamusulmonlar boshiga o‘raydigan mato. Faqat erkaklar o‘raydilar. Oq, yashil,
kul rang matolardan iborat bo‘lib do‘ppi, kulox ustidan o‘raladi. Salla o‘rash
usullari: matosi kishilarning qaysi ijtimoiy guruhga mansubligiga qarab
belgilanadi (mae shiyalik ruxoniylari kora, sayidlar va hojalar yashil mato dan
salla o‘raydilar) Hindiston va Pokistonda sallani bosh kiyimsiz o‘raladi (Islom /
L5‘b) «Salla» ingliz tiliga Turban tarzida o‘girilgan. Turban is a long piece of
cloth wound round the head. It is warn chiefly by men in India. Oksford lug‘atida
Tyurbanni bosh atrofida aylantirib o‘raladigan mato, asosan Hind erkaklari
o‘raydi deb yozilgan. Fyodorovning fikricha agar biror bir xos so‘z (realiya) ni
o‘girishda unga moe, bir turdagi muqobili tarjima tilida mavjud bo‘lsa yoki u
xalkaro realiya bo‘lsa uni o‘sha muqobili bilan almashtirish kerak bo‘ladi.
Demak Salla va Tyurban bir xildagi bosh kiyim turi. Balki Salla so‘zini
Tyurban so‘zi bilan ifodalash kitobxonga tushunarli bo‘ladi, lekin «Tyurban»
orqali o‘zbek xalqi, o‘zbek erkaklari boshqa xalkdar xususan, Qindlar bilan
almashib ketishi ham mumkin. hind millati erkaklari o‘raydigan sallalar asosan
kizil va oq rangda bo‘ladi. Ular sallani o‘zbeklar kabi chambarak tarzida
aylantirib emas balki uchlarini bir biriga bog‘laydilar. Sallani Hindlar to‘y
marosimlarda, bazm va kechalarda kiyadilar. To‘yda kuyovlarning salla o‘rashi
hindlarning urf-odati hisoblinadi. Kovush musulmonlar kiyadigan poyafzal turi.
Kovushni asosan yoshi katta erkaklar va ayollar kiyadi. Ingliz tiliga kovush
"Islamic footwear" «musulmoncha, islomiy poyafzal» tarzida o‘girilgan. Xulosa
53
qilib shuni aytish mumkinki biror bir xalqqa xos bo‘lgan kiyim, bosh kiyim,
poyafzal, taqinchoq nomlarini
Boshqa bir notanish xalq, millatga etkazib berish tarjimondan katta,
mahorat va bilim talab etadi.
3.2. «Lison ut-tayr» asarida kasblar nomlarining tarjimasi.
Kasb ish faoliyatning ma`lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan biror turi,
sohasi. Kasb kishining mehnat faoliyati, doimiy mashg‘uloti turi, muayyan ish
turini malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat, tajribani talab etadi.
Kasblar ichida mehnat faoliyatining eng tor sohasi bilan ajralib turadigan
ixtisoslar bor (masalan, o‘kituvchilik: ingliz tili, nemis tili, frantsuz tili
o‘qituvchisi)
Kasblar nomlarini bir tildan ikkinchi tilga o‘girish qiyinchilik tug‘dirmasa
kerak chunki, har tilda shu kasbni aynan ifodalovchi so‘z mavjud.
Masalan: O‘qituvchi Uchitel‘ Teacher Der Lehrer SHifokor Vrach Doctor
Der Arzt.
Lekin ba`zi kasblar faqat bir millat va xalqga xos bo‘lib, ma`lum bir davrda
ishlatilgan hozirda esa bu kasblar nomlari iste`moldan chiqib ketgan. Mingboshi,
ellik boshi, g‘aznachi, mirshab. «Lison ut-tayr» asarida ham ko‘plab kasblar
haqida so‘z yuritiladi:
Ba`zi misollarga murojat qilsak. Aslida uni bog‘bon emas, xashakchi
deyish kerak. (303 b) Actually he should be rebeled a haymaker and not a
gardener (7. 32) Umuman sohilda savdo ishlar bilan shug‘ullanib dengiz
savdosida boyishni ko‘zlagan savdogarlar ko‘plab uchraydi. (6. 315) There are
many that are busy with trade by the sea shore; at the seaboard many tradesmen
striving to get rich meet each other. (7. 44) Uning nomiga Xarrozmaxsido‘z
laqabi nisbatan berilgan. (6. 388) The nickname given to him was "Kharroz the
shoemaker" (7. 14) Olim kitob yozmoq niyatida, bastakor yangi kuy yaratish
istagida bo‘ldi. SHoir zamona shohi nazar qilishga arzirli madhiya yozishga
urindi. Munshiy men yozgan nomani shoh pisand etarmikin, degan o‘y bilan xat
yozishga qalam olib, shohni vasf etishga kirishdi. Zargar o‘z hunarini ishga solib,
54
shohga loyiq oltin kamar yasamoqchi bo‘ldi. Kiyim tikuvchi o‘z ustaxonasiga
borib shoh kiyishi uchun zarbof to‘n tikmoqqa ish boshlabdi. Duradgor shunday
bir taxt yasayki, bu taxtga saodatli shoh o‘tirsin degan o‘y bilan taxt hozirladi.
Kamon yasovchi yoyim zora shohga yoqib tushsa, deb o‘z san`atiga band bo‘ldi.
O‘qchi ham ko‘p mashaqqatlar ila ehtimol bu shoh ko‘ngliga xush yoqarmikin
deb o‘q yasashga kirishdi. (6. 391)
Scholars wanted to write books and musicians wanted to compose new
songs. Poets tried to write verses. that would be worthy for the shah to look at.
Scribes tried to write a letter that the shah would notice, they took their pencil and
began to describe him. A jeweler tried to create a golden belt to match him. A
tailor went to his workroom and began to make a brocaded robe for the shah to
wear. A. carpenter made a throne for the shah roping he would enjoy sitting on it.
A bow maker prepared a bow and was busy with it's artwork. In order to please
the shah, an arrow maker made some arrows that required intricate work. (12 p)
Bastakor - Musicians
O‘qchi - An arrow maker
SHoir - Poets
Bog‘bon - Gardener
Munshiy - Scribes
Xashakchi - Hay maker
Zargar - A jeweler
Savdogar - Tradesmen
Kiyim tikuvchi -A tailor
Maxsido‘z - Shoemaker
Duradgor
- Acarpenter
Scribe —a writer, one who made copies of writings before printing was invented.
Munshiy Saroyda yozuv ishlarini olib boradigan kotib.
Tarjimada kamon yasovchi, o‘qchi, xashakchi kabi kasblarning
(xunarlar)ning nomi bir oz ikkilanish tug‘dirgan bo‘lishi mumkin.
55
Chunki, Duradgoryog‘ochdan imorat va boshqa har hil buyumlar yasovchi
hunarmand usta. Duradgor carpenter, o‘qni ham kamonni ham yasay oladi. Lekin
tarjimon kitobxonlarga tushunarliroq bo‘lishi uchun "a bow" kamon"maker"
yasovchi (qiluvchi), «an arrow» o‘q"maker" yasovchi, so‘zlaridan yangi xunar
nomini yasadi.
Xashakchi — xashaklarni yig‘ib terib, bog‘da yordam beradigan odam.
Xashakchi ham "hay" xashak "maker"yasovchi sifatida o‘girilgan. Balki bu so‘z
bir oz noaniq chunki xashakni o‘q va yoy kabi yasab bo‘lmaydi. Uni yig‘ish,
terish mumkin. Balki xashakchini«haymaker» emas bir oz ta`rif berib «xashak
bilan ishlaydigan odam»«A man who works with hay, a man who picks up a hay»
deyish bo‘larmidi? Mahsido‘z Maxsi tikuvchi kosib.
Mahsi uzun qo‘njli, poshnasiz tag charmi yumshoq, kovush yoki kalish
bilan kiyiladigan milliy oyoq kiyim. (O‘zbek tilining izoxli lug‘at 1 k. 456 b).
Mahsido‘z Shoemaker tarzida o‘girilgan.
Shoemakerone who makes boots and shoes. Oyoq kiyim poyafzal yasovchi.
(The advanced learner's dictionary of current English, (35. 169)
«Xarroz»ning ma`nosi mahsido‘z lekin, payafzal tikuvchi (yasovchi emas)
Bu o‘rinda tarjimon o‘zbeklarning milliy oyoq kiyimini tikuvchi usta mahsido‘z
bo‘lishini tushuntirishi milliylikdan uzoqlashtirmas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |