Qonni kelib chiqish joyini aniqlash.
Ayrim hollarda tanani teri
qoplamasini jarohatlanishi natijasida qon ketganmi yoki hayz ko’rish, burun,
oshqozon, o’pka, gemorraidal tugun va boshqa jaylardan qon ketganligini
aniqlashga to’g’ri keladi. Qaerdan qon ketganligini aniqlash ko’pincha u yoki bu
qon ketish manbaiga xos har xil aralashmalarni morfologik tekshirishda topilishiga
asoslanadi. Masalan, hayz ko’rishdan qon ketish dog’da bachadon epiteliyasi
hujayralari borligi bilan isbotlanadi. Biroq S.I.Lyubinskayaning ko’rsatishicha,
hayz ko’rgandagi qon bilan hayz ko’rish orasidagi qindan ajralgan qonni ishonchli
farqlash mumkin emasligini ko’rsatadi. Masalan hayz ko’rishdagi qon bilan qizlik
pardasi yirtilishi tufayli ketgan qonni, ginekologik kasalliklar va boshqalar tufayli
ketgan qondan farqlab bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |