2. Simulyatsiya, dissimulyatsiya va aggravatsiya haqida tushuncha.
Simulyatsiya
- o’zida bo’lmagan kasallikni o’ylab topishlikdir. Simulyantlar –
sog’lom odamlar bo’lib, o’zining organizmi uchun ziyon keltirmasdan har xil
usullar va yo’llar bilan kasallikni sub’ektiv yoki ob’ektiv simptomlari, ularning
ayrim qismlarini tasvirlash uchun harakat qilish hisoblanadi. Shubhasiz hatto juda
tajribali simulyant ham kasallikni butunlay xuddi asliday tasvirlay ololmaydi.
Simulyatsiya qasddan va patologik holda bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |