Tibbiyot instituti talabalari uchun


-sxema. Gazli muhit bosimi o’zgarishidan sodir bo’lgan



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

3-sxema. Gazli muhit bosimi o’zgarishidan sodir bo’lgan 
jarohatlanishning tasnifi.
Bosim pasayganda gaz pufakchalari birinchi navbatda kichik venalar 
(venulalar) da hosil bo’lib, qon oqimi bilan katta vena qon tomirlari, keyinchalik 
272
Cho’kish
G’avvoslar jaroxatlanishi turlari
Umumiy 
bosimning keskin 
farqlanishidan 
jarohatlanish
Dekompression 
kasallik
O’pkaning 
barotravmasi
Quloq, burunning 
ko’shimcha 
bo’shlig’i 
barotravmasi
Gazlar partsial 
bosimining 
o’zgarishidan 
jarohatlanish
Suv tegiga 
tushishdagi 
boshqa 
faktorlardan 
jarohatlanish
Kislorod 
etishmovchiligi
Ortiqcha 
sovushi
Is gazi bilan 
zaharlanish
Ortiqcha qizib 
ketishi
G’avvosning 
siqilishi
Kisloroddan 
zaharlanish
Ishlangan 
gazlandan 
zaharlanish
Indifferent 
gazlarning 
narkotik ta’siri
Ishqorlardan 
zaharlanish va 
kuyish


yurakning o’ng bo’lmasi va qorinchasiga tarqaladi va ularda gaz emboliyasini 
chaqirishi mumkin. Gaz pufakchalari intensiv hosil bo’lishi natijasida bir vaqtning 
o’zida barcha vena qon tomirlari ular bilan to’ladi va qon xuddi qaynaganga 
o’xshab qisqa muddat ichida qon aylanishni to’lig’icha qamrab olib, 
jabrlanuvchining o’limiga sababchi bo’ladi.
Murdada ko’pgina hollarda kesson kasalligiga tashxis qo’yishda anchagina 
qiyinchilik tug’iladi. O’lim tez sodir bo’lganda vena qon tomirlarida gaz 
emboliyasining topilishiga asoslanadi. Murdani tekshirish rentgenografiya usuli 
bilan boshlanishi zarur, chunki bu murdani kesib ko’rilguniga qadar yurak, qon 
tomirlari bo’shlig’i va to’qimalarda gaz topilishi bilan xarakterlanadi. Biroq buni 
murdaning chirishigacha o’tkazilishi zarur, zero chirigan gazlarni rentgenologik 
usulda gazli emboliyadan ajratib bo’lmaydi.
Murdani tashqi tekshirishda ba’zan terisi marmarsimon ko’rinishga ega 
bo’lib, bunda terining oddiy rangi qizg’ish, to’q qizil va hatto ko’kimtir ranglar 
bilan almashinadi hamda mayda nuqtasimon qon quyilishlar ko’zga tashlanadi. 
Marmarsimon teri teri tagi emfizemasi bilan birgalikda uchrashligi ko’rinadi.
Kesson kasalligiga shubha qilinganda murdani kesib ko’rish gaz emboliyasi 
sinamasini o’tkazish bilan boshlanadi. Kesson kasalligida ko’pincha venoz 
emboliyasi kuzatiladi. Shuning uchun ham yurakning o’ng bo’lmachasi va 
qorinchasiga igna bilan sanchilganda sinama musbat bo’lishi mumkin. Biroq bir 
vaqtning o’zida yurakning chap tomoni ham sanchilishi zarur. Agar yurak 
bo’shliqlarida gaz pufakchalari topilmasa, bunda pastki kavak venada gaz 
emboliyasini aniqlash sinamasi o’tkaziladi. Buning uchun ingichka xalqalari 
chapga surilib qorin bo’shlig’ining chap tomoniga suv quyiladi va suv tagida 
pastki kavak vena ustidagi qorin bo’shlig’i pardasi kesiladi va kavak vena devoriga 
sanchiladi. Agar gaz pufakchasi bo’lsa birdaniga ko’zga tashlanadi.
Venoz gaz emboliyasining eng muhim belgilaridan biri yurakning bo’shlig’i 
va katta venoz qon tomirlarining devorida aerotromblarning topilishidir. 
Aerotromblar nisbatan chirish jarayonlariga chidamli bo’lganligi uchun ularni 
murdalarda uncha rivojlanmagan chirish o’zgarishlari bo’lganda ham tashxis 
273


qo’yishda topish mumkin (Lisakovich M.V., 1958).
Murdani tekshirish jarayonida ko’pincha gaz pufakchalarini teri tagi yog’ 
kletchatkasi, qorinning orqa bo’shlig’i kletchatkasi, charvi, ichak tutqichlarida ham 
aniqlaniladi. Ichki organlarni kesib ko’rishda ularning yuzasida ko’p miqdordagi 
qon pufakchalarining ajralishi ham muhim diagnostik belgi hisoblanadi.
Kesson kasalligidan o’lim kech sodir bo’lganda tashxis qo’yishda kasallik 
tarixidagi yozuvlarning ham ahamiyati katta. Odatda bosh va orqa miya qon 
tomirlari gaz emboliyasi chaqirgan og’ir asoratlarining rivojlanishi kech o’lim 
bilan bog’langandir. Bunday hollarda murdani kesib ko’rganda ko’pincha orqa 
miya nerv to’qimalarining o’choqli yumshashi kuzatiladi. Shuning uchun ham 
kechki o’limda, albatta, orqa miya kanali ochilishi va orqa miya tekshirilishi zarur. 
Chanoq organlari funktsiyasi buzilganda va oyoqlari falajlanganda mushaklar 
atrofiyasi, yotoq yaralar hamda yiringli asoratlar rivojlanishi mumkin.
Atrof muhitning bosimiga qaraganda o’pkadagi bosimning keskin oshishi 
yoki keskin kamayishi tufayli o’pkaning jarohatlanishi kuzatiladi. Ko’pchilik 
hollarda u ancha chuqurlikdan (3-10 m) suv tagida bo’lgan odamni qancha vaqt 
bo’lganligidan qat’iy nazar yuzaga tezda suzib chiqishi tufayli sodir bo’ladi. 
Ko’pincha o’pkaning bosimdan jarohatlanishi suv tagiga sho’ng’iganda, ba’zan 
boshqa holatlarda: protivogazlar orqali nafas olish, sun’iy nafas olish 
apparatlarining qo’llanilishi, narkoz apparatlari va boshqalarda ham kuzatiladi. 
Bosimdan jarohatlanishda o’pka to’qimasi yorilganda alveolalar, bronxlar va qon 
tomirlari zararlanadi hamda o’pka to’qimasiga qon quyilishi, o’pkadan qon ketishi 
ko’zga tashlanadi. Gaz yorilgan o’pka to’qimasi orqali kirib, o’pkaning oraliq 
emfizemasi, ko’ks oralig’i emfizemasi, shuningdek bo’yin, ko’krak, yuz teri tagi 
emfizemalarini rivojlanishiga sababchi bo’ladi. Vistseral plevraning yorilishidan 
pnevmotoraks rivojlanadi.
O’pkaning bosimdan jarohatlanishi o’lim sodir bo’lganda arterial gaz 
emboliyasi va o’pkada xarakterli jarohatlanish bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bunda 
xuddi kesson kasalligidagi singari, o’likni kesib ko’rishdan oldin 
rentgenografiyadan o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Murda kesib ko’rilguncha 
274


topilgan tipik rentgenologik ma’lumotlar arterial yoki venoz gaz emboliyasining 
xarakterini aniqlashda, jumladan, murdani tekshirishning aniq rejasini tuzishda 
yordamlashadi. Murdani kesib ko’rish pnevmotoraks va yurakda gaz emboliyasini 
aniqlash sinamalari bilan boshlanadi. Biroq gaz yurakning chap tomonida ba’zan 
topilmaydi, chunki u yurakning ishlashi tufayli uzoqlashadi yoki o’lgandan keyin 
miokardning qotishidan itariladi.
O’limning bosimdan jarohatlanishda sodir bo’lganligiga shubha tug’ilganda 
bosh miya qon tomirida gaz emboliyasini topishga urinish zarur. Yon 
qorinchalarning tomir chigali kapillyarlarida gazning topilishi arterial gaz 
emboliyasini tasdiqlovchi belgisidir. Sektsion stolida qon tomirlari chigalining 
suzma sinamasi o’tkazilishi mumkin.
Bosimdan jarohatlanish uchun o’pkadagi jarohatlanishlar ancha 
xarakterlidir. Odatda, o’pka o’lchamiga biroz kattalashgan, butun plevra 
bo’shlig’ini egallagan bo’ladi. Vistseral plavra tagida qon quyilish ko’rinadi. Kesib 
ko’rilganda o’pka to’qimasida mayda yorilishlar odatda ko’zga tashlanmaydi. 
Biroq qon quyilish o’choqlari yaxshi farqlanadi. Shuningdek qon quyilish katta 
bronxlar va qon tomirlari bo’ylab, kekirdak va bronxlar shilliq qavatlarida topiladi. 
Ularni bo’shlig’ida shilimshiqli qon va qonli ko’pik aniqlaniladi.
Barcha hollarda burun bo’shliqlari va o’rta quloq bo’shlig’ini ochishni 
tavsiya qilinadi, chunki o’pkaning bosimdan jarohatlanishida u joylarda ham, 
albatta, o’zgarishlar kuzatiladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish