Tibbiyot instituti talabalari uchun


Kuyishdan jarohatlanish sud tibbiyoti ekspertizasining o’ziga xos



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Kuyishdan jarohatlanish sud tibbiyoti ekspertizasining o’ziga xos 
xususiyatlari
Odatda murdada kuyishning tashxisida hech bir qiyinchilik tug’ilmaydi. 
Ko’pchilik hollarda kuyish jarayoni borligi va darajasining mahalliy 
o’zgarishlariga qarab osongina aniqlash imkoniyati tug’iladi. Ba’zan 
jabrlanuvchining o’lguniga qadar kasalxonada davolangani uchun kasallik 
tarixidagi yozuvlar tashxis quyishni ancha engillashtiradi.
239


Ekspertga kuyish borligi va uning maydonini aniqlashdan tashqari boshqa 
savollarni, jumladan, kuyish maydoni; kuyishning og’irlik darajasi; jabrlanuvchi 
o’limining sabablari; jarohatlovchi faktorning xarakteri; kuyishning tiriklikka 
aloqadorligi; jabrlanuvchida yuqori harorat ta’siridan boshqa jarohatlanishlar 
borligi; jabrlanuvchining shaxsini aniqlash va boshqalarni echishga to’g’ri keladi.
Murdani tekshirishda kuyish va chuqur jarohatlanishning umumiy 
maydonini aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Bu masalani taxminan echish 
uchun «to’qqizlar qoidasidan» foydalanish mumkin (Wallace A., 1951). Bu qoida 
bo’yicha katta odamning bo’yni va boshi tana yuzasining 9-foizini, tananing 
oldingi yuzasi – 18 foizini (ikki «to’qqizlik»), tananing orqa yuzasi – 18 foizini, 
soni – 9-foizini, boldiri va oyoqlari – 9-foizini, choti – 1 foizini tashkil qiladi. 
Uncha katta bo’lmagan kuyishlar odamning kafti yordamida tezlikda hisoblanilishi 
mumkin. Chunki ochilgan kaft katta odamning barmoqlari yuzasi bilan odam 
tanasining 1,1 foizini tashkil etadi.
Murdani tekshirishda jarohatlanish maydonlari ma’lum sxema asosida 
o’rganiladi. Ko’pgina kuyishlarga koshinkor tuzilish xarakterli bo’lib, jabrlanuvchi 
tanasining har xil joylarida kuyish har xil chuqurlikda bo’ladi. Shuning uchun ham 
sxemada kuyishning har xil darajasi yo har xil rang bilan, yoki turli shartli belgilar 
bilan ko’rsatiladi (74-rasm).
Tashxisda topilgan jarohatlanishga umumiy xarakteristika berishda uning 
joylashgan joyi, topilgan jarohatning maydoni va darajasi, masalan, tana yuzasini 
25-foizini egallovchi ko’kragining oldingi yuzasi, qo’li va yuzining alanga bilan II-
III-darajali kuyishi deb ko’rsatiladi.
Murdani ichki tekshirishda topilgan o’zgarishlar o’limning sodir bo’lish 
vaqtiga bog’liq. Shokdan tez o’limda ichki organlarda qandaydir patologik 
o’zgarishlar kuzatilmaydi. Biroq ko’p faktorli jarohatlanishda nafas olish yo’llari 
zararlanganda shok davrida traxeobronxitlar, bronxopnevmoniyalar, o’ziga xos 
o’choqli atelektazlar rivojlanishi mumkin.
Kuyish toksemiyasi davrida o’lganda parenximatoz organlarda distrofik 
o’zgarishlar va pnevmoniyalar topiladi. Agar kuyish infektsiyasi davrida 
240


jabrlanuvchi o’lib qolgan taqdirda sepsisning belgilari: septitsemiya, parenximatoz 
organlarda mayda yiringlanish o’choqlari, abstsessga aylanuvchi pnevmoniyalar, 
plevrit perikardit, taloq giperplaziyasi aniqlaniladi. Agar kuyish kaxeksiyasidan 
o’lgan taqdirda ichki organlar atrofiyasi hamda tana mushaklarida xarakterli 
o’zgarishlar ko’zga tashlanadi. Tirik qolgan jabrlanuvchilarda kuyishdan 
jarohatlanishning og’irlik darajasi teri qismlarining jarohatlanishi umumiy 
maydoniga bog’liq bo’ladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish