Tibbiyot instituti talabalari uchun


 Sud tibbiyoti ekspertlari va vrach-ekspertlar



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

3.2. Sud tibbiyoti ekspertlari va vrach-ekspertlar
Sud tibbiyoti ekspertizasini faqatgina vrachlik mutaxassisligiga ega bo’lgan 
kishilar o’tkazishi mumkin. Sud tibbiyoti ekspertizasi o’tkazish uchun bu sohada 
malakasini oshirgan, o’zining xulosasini berishga qodir, umumiy protsessual 
qoidaga javob beruvchi istagan vrach jalb qilinishi mumkin. Bunday vrach 
ob’ektiv, ushbu jinoiy ishga aloqador bo’lmagan, hech bir shaxsiy manfaatdorligi 
yo’q, sof vijdonli inson bo’lishi kerak.
O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 76-moddasida 
quyidagi hollarda agar unga ekspertiza o’tkazish yuklatilgan bo’lsa, rad qilish 
ko’rsatilgan: 1) agar ekspert jabrlanuvchi, javobgar shaxs, ishga guvohlik beruvchi 
bo’lgan taqdirda; 2) agar ekspert ushbu holat uchun surishtiruvchi yoki 
himoyalovchi, jabrlanuvchining qonuniy vakili bo’lganda; 3) jabrlanuvchining va 
ayblanuvchining qarindoshi bo’lganda; 4) ayblanuvchi, jabrlanuvchi yoki javobgar 
shaxslarga xizmat yuzasidan bog’liq bo’lganda; 5) qo’zg’atilgan jinoiy ishga 
sababchi materiallarni taftish qilgan bo’lsa va bu jinoiy ish qo’zg’atilishiga 
sababchi bulgan taqdirda ekspert ekspertiza o’tkazishga qatnashishdan bosh 
tortishi mumkin.
Sud tibbiyoti eksperti sifatida birinchi navbatda sud tibbiyoti ekspertizasi 
muassasalarida ishlovchi sud tibbiyoti ekspertlari, shuningdek sud tibiyoti 
kafedrasi professorlari, dotsent va assistentlari jalb qilinadi. Agar sud tibbiyoti 
26


eksperti bo’lmasa va uni chaqirish imkoniyati bo’lmasa, ekspertiza o’tkazish uchun 
istagan kasalxonadan xoxlagan vrachni taklif qilish mumkin. Bunda vrachning 
oldiga xuddi sud tibbiyoti ekspertizasi uchun mo’ljallangan savollar qo’yiladi. 
Shuning uchun ham bunday vrachlarni vrach-ekspert deb ataladi. Ayrim komission 
ekspertiza o’tkazishda sud tibbiyoti ekspertizasida shtat bo’yicha ishlovchi 
ekspertlar emas, balki tibbiyotning ma’lum sohasi buyicha tajribaga ega bo’lgan 
vrachlar (xirurglar, terapevtlar, akusher va ginekologlar, pediatrlar, stomatologlar 
va boshqalar) taklif qilinadi. Protsessual nuqtai nazardan ekspertiza o’tkazuvchi 
shtatli ekspertlar va vrach-ekspertlar bir xil huquq, burch va javobgarlikka 
egadirlar.
Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasida sud tibbiyoti ekspertizasini 
o’tkazish, ekspertiza muassasasida ishlovchi shtatli ekspertlar hamda ekspertizada 
ishlamaydigan boshqa vrachlar zimmasiga yuklatiladi. Bunday hollarda militsiya 
organi, tergovchi va sud ekspertiza o’tkazishni alohida ekspertga yoki ekspertiza 
muassasasiga yuklaydi. Bunda ekspertni bu ish uchun ekspertiza tashkilotining 
rahbari belgilaydi. Shu bilan birga UzR JPK da ayblanuvchi va sudlanuvchilarga 
tayinlangan ekspertni rad qilish va o’zlari ko’rsatgan ekspertni tavsiya qilish, 
shuningdek tergovchi va sud orqali ekspertiza o’tkazishda qo’shimcha savollarni 
qo’yilishini talab qilish huquqi berilgan.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish