XII-BOB. FIZIK OMILLAR TA’SIRIDAN JAROHATLANISH
12.1. Yuqori harorat ta’siridan jarohatlanish
Odam organizmi bir darajada tana haroratini 36-37
0
C da ushlab turish
qobiliyatiga ega. Tana haroratining yuqori va pastga qarab o’zgarishi har xil
kasalliklarga xos buzilishlar va hatto o’limning sababchisi bo’lishi mumkin.
Chunki odam organizmining hayotiy jarayonlari haroratning chegarasi +22
0
C dan
to +42-43
0
C gacha bo’ladi. Tirik to’qimalar haroratining +45-47
0
C dan ko’tarilishi
odam tanasida qaytmas o’zgarishlar va oqsillarning ivib qolishi va fermentlar
aktivligining yo’qolishi tufayli o’lim sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |