qurol stvolidagi miltiq moyi ham bo’lishi mumkin.
Ba’zan o’q tana terisi yuzasiga o’tkir burchak ostida kirishi ko’rinadi. Bunda
kirish teshigi noto’g’ri oval shaklida ekanligi kuzatilishi mumkin va kirish teshigi
chetining bir qismi yoysimon holatda, epidermis esa shu joyda yarimoysimon
shaklda hoshiyalangan holda ko’rinadi. Kirish teshigining bunga qarama-qarshi
tomonidagi chetida notekis va uncha katta bo’lmagan yirtilish kuzatiladi. Ba’zan
o’q tanaga yonbosh yuzasi bilan ta’sir qilishi mumkin. Bunda kirish teshigi defekti
cho’zinchoq shaklda ko’rinadi. Hoshiyalanish belbog’ining tashqi konturlari esa
o’qning yonbosh yuzasini eslatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: