9.6. O’tkir vositalar bilan jarohatlanish sud tibbiyoti ekspertizasining o’ziga
xos xususiyatlari
O’tkir vositalar bilan jarohatlanishlarning sud tibbiyoti ekspertizasi paytida
jarohatlanish borligi va xarakteri, jarohatlovchi faktorlarning turi va o’ziga xos
xususiyatlari, jarohatlovchi vosita bilan urish yoki uning harakat soni, urish kuchi,
jabrlanuvchining o’ziga jaroxat etkazish mumkinligi, jarohat etkazish paytida
jabrlanuvchi tanasining holati kabi ko’pgina savollarni aniqlashga to’g’ri keladi.
Ekspertiza paytida birinchi masala ko’zdan kechiriluvchida yoki murdada
o’tkir vositalar bilan jarohatlanish borligini aniqlash hisoblanadi. Odatda, bunday
yaralar chetlari tekis va silliq bo’lishi, hoshiyalanish va qontalashlar bo’lmasligi,
yara tubida ulag’ich to’qimaning bo’lmasligi, yara kanali devorining silliqligi
(bundan teri tagi kletchatkasi istisno), kesilgan qon tomirlarining ochilib qolishi,
ancha tashqi yoki ichki qon ketishning bo’lishi bilan farqlanadi.
Har bir o’tkir vositadan jarohatlanishdan sodir bo’lgan yaraga aloqador
umumiy belgilardan tashqari ularga tashxis qo’yishni belgilovchi o’ziga xos
xarakterli belgilar ham bor. O’zining asosiy morfologik belgilariga ko’ra o’tkir
vositalar yordamida paydo bo’lgan yaralarni 2 guruhga bo’lish mumkin. Ulardan
biri yaraning uzunligi kengligiga qaraganda ustunligi bilan xarakterlansa (kesilgan,
chopilan, arralangan), boshqa guruxi esa teridagi yaralarning uzunligi va
kengligiga qaraganda yara kanalining chuqurligi (sanchuvchi va sanchib-kesilgan
yaralar) ustunligi bilan farqlanadi. Odatda, ekspertga har bir guruhga aloqador
yaralarning differentsial diagnostikasini o’tkazishga to’g’ri keladi.
Chopilgan yaralarning kesilgan yaralardan farqi, chopilgan yaralarning
chetlarida ko’pincha hoshiyalanish, shuningdek chopuvchi vositalar uchun
xarakterli jarohatlanishni suyakkacha borib etishi ko’zga tashlanadi. Ba’zan
kesilgan yaraning chetlari qurib qolganligi uchun uni hoshiyalanishga
163
o’xshatadilar. Bunda gistologik tekshirish natijalari bu xatolikning oldini olishga
ko’maklashadi. Arralangan yaralar ularning chetlari tishsimon bo’lganligi,
suyaklarning o’ziga xos jarohatlanishi va yaraning tubida suyak qipiqlarining
borligi bilan osongina farqlanadi.
Sanchuvchi va sanchib-kesilgan jarohatlarni teri yarasining shaklida farq
bo’lganligi uchun bir-biridan farqlashni qiyinchiligi tug’ilmaydi. Konussimon yoki
tsilindrik sanchuvchi va ingichka sanchib-kesuvchi uchli vositalar bilan
jarohatlanishlarni aniqlashda qiynchilik tug’iladi. Bunda sanchuvchi vositalar teri
elastik tolalari yo’nalishi bo’ylab kirgani uchun to’qimalarni yorib kiradi, ammo
sanchib-kesilgan yaralarning yo’nalishi yaralanish paytida vosita uchining holatiga
bog’liq. Bundan tashqari, sanchuvchi yaralarning markaziy qismida ko’proq,
chetlarida esa kamroq hoshiyalanish ko’zga tashlanadi.
Sud tibbiyoti ekspertizasining muhim elementi jarohatlovchi vositani
aniqlashdir. Kiyimlaridagi jarohatlanish va barcha qo’shimcha tekshiruv usullari
yordamida yarani sinchiklab tekshirish faqatgina jarohatlovchi vositaning guruxi
va turini aniqlashda ham yordamlashadi. Bu jihatdan kesilgan yaralar kamroq
ma’lumotga ega bulib, ular vositaning o’tkir tig’iga qarab fikrlashni taqozo qiladi.
Chopilgan yaralarda ularning shaklini, chopuvchi vosita ponasining qalinligi va
turlari, tig’ining uzunligi va o’tkirligi imkoniyati boricha aniqlaniladi.
Sanchuvchi yaralarda sanchuvchi vosita ko’ndalang kesimi shakli va
o’lchamlari, uning uzunligi o’rganiladi. Sanchib-kesilgan yaralarda asboblarning
guruhlarga xos belgilari, tig’ining soni, o’tkirlik darajasi, uning muhrasi borligi va
shakli, uzunligi, kengligi, ponasining qalinligi, chetlarining shakli o’rganiladi.
Arralangan yaralarda arralarni orasini ochilish darajasi, tishlarining kesuvchi
qirralari, ba’zan ular orasidagi masofa, tishlarining balandligi, arralar tasmasining
eskirish darajasini aniklash mumkin. Jarohatlovchi asbob tayyorlangan metallni
aniqlashda kimyoviy rangli reaktsiyalar va rangli alomatlarni tekshirish usuli
qo’llaniladi.
Agar ekspertiza uchun bir yoki bir necha taxmin qilingan jarohatlovchi
asboblar keltirilganda sud tibbiyoti ekspertiga jarohatlanish qaysi vosita bilan
164
etkazilishi yoki etkazilmasligi mumkinligi masalasini echishga to’g’ri keladi.
Bunda jabrlanuvchi kiyimi va tanasidagi jarohatlanish xarakteri va detallari taxmin
qiluvchi qurollarning xususiyatlari bilan solishtiriladi. Bunday hollarda murdadagi
yaraga asbobni kiritish mutlaqo mumkin emas. Buni, taxmin qilinuvchi
jarohatlanish asbobi bilan yaraga plastik massani kiritish yoki murdada yara
kanalidagi plastik quymani solishtirish orqali o’rganiladi. Barcha keltirilgan usullar
asbobning guruhlarga aloqadorligi to’g’risidagi savolni echishda ko’pincha
yordamlashadi, ya’ni ekspert faqat taqdim qilinuvchi asbob tomonidan emas, balki
shunga o’xshash asboblar tomonidan etkazilishi mumkinligini ko’rsatishi mumkin.
Qaysi vosita bilan jarohatlanish etkazilganligi haqidagi savolni echishda
jarohatlovchi vositada qon, soch, odam to’qimasi hujayra elementlari, shuningdek,
jabrlanuvchi kiyimi tolalarining topilishi muxim ahamiyatga egadir. Ko’pincha
chopuvchi va arralovchi vositalar bilan jaroxatlanishni bir biridan farqlash va faqat
ayrim hollarda sanchib kesuvchi vositalar bilan etkazilgan jarohatlarni aniqlash
ham mumkin.
O’tkir vositalar bilan jarohatlanishda ekspertlar tomonidan sud tibbiyoti
laboratoriyasining biologiya bo’limi va fiziko-texnika bo’limlarida o’tkaziladigan
laboratoriya va maxsus tekshiruv usullarining o’rni juda muhimdir. Murdani
tekshirib ko’ruvchi ekspert laboratoriyaga jaroxatlangan teri qismlari va boshqa
kesib olingan to’qimalarni jo’natadi. Jo’natiladigan materialni formalinda
qotirilmasdan jo’natish yoki ularni (muzlagan sirka kislotasi – 10 g; etil spirti – 20
g; pergidrol – 10-20 g; distillangan suv – 100 ml) boshqa suyuqliklarga solib
yuborishni tavsiya qilinadi.
165
Do'stlaringiz bilan baham: |