Raqamli xukumat


Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning rivojlanish yo’nalishlari



Download 312,19 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana14.02.2022
Hajmi312,19 Kb.
#447595
1   2   3
Bog'liq
2-mavzu

Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning rivojlanish yo’nalishlari 
Raqamli 
elektron 
iqtisodiyotning 
yaqin 
kelajakdagi 
rivojlanish 
yo’nalishlaridan eng diqqatga sazovorlari Industriya 4.0 – Buymlar interneti, Virtual 
va To’ldirilgan voqe’lik (VR va AR) hamda 3D-printerlar desak, aslo 
yanglishmagan bo’lar edik. Hozirgi kunda internetga turli xildagi qurilmalardan 
kirishlar soni unga insonlarning kirishlari sonidan ko’ra ko’proq bo’lib ketgan 
(Lavina dannix//Ogonyok, №24, 24 oktyabr 2016, str.4-5). „Aqlli uy“, 
„Xaydovchisiz avtomobil“, „Ishchilarsiz zavod“ va „Inson ishtirokisiz savdo“ deb 
nomlangan loyihalar barchaga ma’lum va mashxur. Gamburg dengiz portida IoT 
tizimi portga kelayotgan yuk mashnalari haqidagi ma’lumotlarni yig’a va tahlil qila 
oladi. Buning natijasida portning o’tkazuvchanlik qobiliyati 178% ga ko’paygan. 


2019-2020 yillarga kelib, IoT ning jahon bo’yicha yillik o’sish sur’ati 23% bolishi 
kutilgan holda, 2021 yilga kelibinternetga ulangan 28 milliard qurilmalardan 16 
milliardi IoT bilan bog’liq qurilmalar bo’lishi bashorat qilingan. 2025 yilga kelib esa 
internetga uangan barcha datchiklar soni 10 trillion bo’lishi kutilmoqda. IoT bozori 
eng katta bozorlardan biri bo‘lib, u yil sayin faqat qo’paya boradi. 2020 yilga kelib 
bu bozorning hajmi €1,9 milliard evro bo’lishi BCG konsulting kompaniyasi 
tomonidan ta’kidlanmiqda (Evans Philip, BCG, 2015, p.74). 
Virtual voqe’lik (virtual realityv VR) va to’ldirilgan reallik (augmented reality 
– AR) texnologiyalari ham kelajak trendlari bo’lib, ular borgan sari ko’proq ishlab 
chiqarishga tadbiq qilinmoqda. Virtual reallik texnologiyasi real dunyoni 
komp’yuter grafikasi vositasida yaratilgan virtual punyiga ko’chiradi. To’ldirilgan 
reallik texnologiyasi esa atrof-muxitdagi real dunyoni qo’shimcha elementlar, 
ma’lumotlar va ob’ektlar bilan to’ldiradi. Bunday texnologiyalar har bir hizmatchiga 
mashina va nexanizmlarning ichki tuzilishi ko’rishga va ishlashini kuzatishga imkon 
beradi. Natijada ishchi va hizmatchilar ob’ektni yaxshiroq tushunish, boshqarish va 
undagi potentsiyal havflar va buzilishlarning oldini olishlari mumkin bo’ladi. 
Masalan, BMW Group mutahassislari Miniavtomobillari markasi uchun mashina 
dvigatelining nosozliklarini aniqlashga imkon beradigan to’ldirilgan reallik 
ko’zoynaklarini yaratdilar. Bunday ko’zoynaklar yordamida motorning ishini rangli 
uch o’lchamli tasvirda ko’rish va ta’mirlashlash uchun instruktsiyalarni olish 
mumkin (Ryussman Maykl, Ishchilar va robotlar uchun ish joylari, BCG, 2015, 
p.47). AR va VR texnologiyalarning yana boshqa faol qo’llanilish soxalariga 
ta’limni, muzeylar faoloyatini va vistavkalar taskil qilishni kiritish mumkin. Digi 
Capital kompaniyasining baholashiga ko’ra, 2020 yilga kelib, to’ldirilgan reallik 
bozorining hajmi $90 milliard dollarga yetar ekan. Goldman Sacks ning 
bashoratlriga ko’ra esa 2025 yilga kelib, to’ldirilgan reallik dasturiy ta’minotining 
sotuv hajmining o‘zi $9 milliard dollarga yetar ekan (Texnoligiya va tarix//RBK, 15 
iyul 2016 yil. №125(2381)). 2015 yilda Apple va dasturiy ta’minot ishlab 
chiqaruvchi kompaniya RTS to’ldirilgan voqe’lok texnologiyalarini rivojlantirish 
uchun katta miqdorda investitsiyalar qilidilar – Applekompaniyasi Metaio 
kompaniyasini sotib oldi, RTS esa $65 million dollarga Vuforia kompaniyasini harid 
qildi. To’ldirilgan voqe’lik qurilmalarini sotish bo’yicha Microsoft kompaniyasi 
ham mablag‘ ishlab olish maqsadida mahsus HoloLens ko’zoynaklarini sotuvga 
chiqardi. VR va AR texnologiyalari bilan Facebook ham faol ravishda qiziqmorda. 
Masalan, bu kompaniya virtual voqe’lik shlyomlarini ishlab chiqaradigan 
kompaniya Oculus ni $2 milliard ollarga sotib oldi. Virtual voqe’lik shlyomlarini 
ishlab chiqaradigan kompaniyalarga misol qilib quyidagilarni keltirishimiz mumkin: 
Samsung, Sony, Microsoft va boshqalar. Hozirgi davrda bitta virtual voqe’lik 
loyihasini amalga oshirish narxi 1-10 million rubl atrofida bo’lishi tahmin qilinadi. 
IDC kompaniyasining baholoviga ko’ra, AR va VR bozorining umumiy hajmi 2020 
yilga kelib$162 milliard dollar bo’lishi mumkin ekan. Kelajakdagi eng perspektiv 
texnologiyalar sirasiga esa aralash voqe’lik texnologiyalarini yoki gibrid voqe’lik 
texnologiyalarini kiritishimiz mumkin. 
3D-printerlar ham Industriya 4.0 ning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu 
texnologiyani amaliyotda „additiv texnologiyalar“ deb ham yuritiladi, 3Dpechatning 


ishlab chiqarishda ishlatilishi esa „additive manufacturing“ (AM) deb nomlangan. 
Ushbu usulning boshqalaridan farqi shundaki, kerakli mahsulot uni qavatma-qavat 
turli materiallarni (metallni, plastikni, gipsni, kompozir materiallarning kukunlarini) 
ishlatgan holda ko’p marotabalab chop qilinib hosil qilinadi. Bunday ko’p qavatli 
pechat usuli istalgan murakkablikdagi detallarni svarkasiz, ulovlarsiz va butlovchi 
qismlarsiz tezkorlik bilan yaratish (yasash) imkonini beradi. 3D-texnologiya 
aviatsiyada, avtomobilsozlikda, meditsinada, stomatologiyda, maishiy sohada
mahsus qurilmalar yasashda va boshqa yo’nalishlarda murakkab detallarni tez va 
arzon yaratishda ishlatilishi mumkin. 3D-printerlar yangi mexanizmlarning 
prototiplarini yaratishda va tayyor mexanizmlarning modellarini yasashda hamda 
ularni real sharoitlarda tekshirib ko’rishda ham ishlatilishi mumkin. Additiv 
texnologiyalarning boshqa afzalliklariga ishlab chiqarish tsiklining kamayishini, 
transport harajatlarining pasayishini, zakaz uchun mahsulotning kichik-kichik 
partiyalarini chiqara olishni ham ko’rsatish mumkin. Kelajakda 3D-printerlar ishlab 
chiqarish modelini o’zgartirib, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni bir-birlariga 
yaqinlashtirish uchun ham hizmat qilishi mumkin. Bu ayniqsa seriyali ishlab 
chiqarish va kichik partiyada mahsulotlar ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega 
bo’ladi. Bunday turdagi ishlab chiqarish maqkazlashmagan ishlab chiqarish degan 
nomni olgan – distributed manufacturing (Zaxarov A. 3D-ishlab chiqarish//RBK, 
yanvar-fevral 2017. Str.21). 
 
 

Download 312,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish