M u t a X a s s I s L i k k a k I r I s h



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/144
Sana14.02.2022
Hajmi1,24 Mb.
#447581
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   144
Bog'liq
OQUV-USLUBIY MAJMUA PDF

Fanning asosiy vazifasi
- talabalarni kasbiy faoliyatning ilmiy asoslari bilan tanishtirish; 
Oliy o`quv yurtida o`quv mehnati madaniyatini egallashlariga ko`maklashish; pedagogik 
amaliyotni o`tashlariga yordam berish; asosan, mustaqil ravishda talabalarning o`zlarida 
o`qituvchi va tarbiyachi shaxsiga kerak bo`lgan fazilatlarni shakllantirish va o`z-o`zlarini 
tarbiyalashga o`rgatishdir.
O'qitishda nazariy bilimlar qanchalik qat'iy ifoda etilsa, talabaning fikr yuritishi 
ham shunchalik aniq va ravshan bo'ladi va o'quv materiallarini ongli o'zlashtirish darajasi 
ham oshadi. Ta'lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda yoshlarning mustaqil fikr 
yuritishi, mustaqil suratda bilim olishga intilishi talab qilinadi. Buning natijasida bilimlarni 
o'zlashtirishning jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday sharoitda o'qituvchi-talabaning 
mashg'ulotlarga munosabati va bu jarayonda o'zini qanday tutishiga e'tibor bermog'i lozim. 
Yoshlardagi o'qish istagi ta'lim jarayonining zaruriy va mantiqiy qismidir. Shunday ekan, 
ta'limning samaradorligi o'qutuvchini talabalarni o'qishga izchil va muntazam qiziqtirib 
borishga bog'liqdir. Buning uchun, o'qutuvchi, ularni ijodiy munosabatda bo'lishga, 
mustaqillikka, ishchanlikka odatlantirish lozim. 
Ta'lim jarayoni, uning mazmuni unda ko'tarilgan hayotiy masalalar yoshlar tarbiyasiga 
ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli ta'lim, shaxs shakllanishining asosiy manbaidir. 
Talaba ilmiy bilimlarni o'zlashtirar ekan, uning dunyoqarashi ham, irodasi va ahloqiy 
sifatlari, imon-e'tiqodi va qobilyati ham o'sib rivojlanib boradi. Ta'limning tarbiyaviy 
imkoniyatlaridan foydalanishda o'qituvchi awalo ta'limni uslubiy jihatdan to'g'ri tashkil 
etishga, o'quv materialining mazmuni bilan bog'liq tarbiyaviy maqsadni aniq belgilashga 
va bilim olishga qiziqtira olishga bog'liqdir. Shu bilan birga, o'qituvchining talabalar 
oldidagi obro'-e'tibori ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir. 
O'qitish jarayonini ko'rgazmali tashkil etish zarur. Ham eshitish, ham ko'rsatish orqali 
o'quv materiallarini idrok qilish, ularni ongli va puxta o'zlashtirish, bilimlarni turmushdagi 


37 
zaruriyatni anglab olishlariga asos soladi, diqqatni barqarorlashtiradi. Shuning uchun ham, 
ko'rgazmali materiallar o'rganilayotgan mavzu mazmuniga mos kelishi, talabaning yoshi va 
bilim darajasiga bog'liq bo'lishi hamda ulardan foydalanishning samarali yo'l va vositalarini 
qo'llab va ishlab chiqish lozim. Ko'rgazmali material o'quv predmetlarining xarakteri va 
mazmuniga qarab turli-tuman bo'lish mumkin.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish