M u t a X a s s I s L i k k a k I r I s h


beradi. Muloqot jarayonida o‟qituvchining so‟zlaridan suhbatdoshiga nisbatan



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/144
Sana14.02.2022
Hajmi1,24 Mb.
#447581
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   144
Bog'liq
OQUV-USLUBIY MAJMUA PDF

beradi. Muloqot jarayonida o‟qituvchining so‟zlaridan suhbatdoshiga nisbatan 
xayrihohlik, samimiylik, do‟stona munosabat sezilib turishi, shuningdek, imkon qadar 
ko‟tarinki kayfiyatda bo‟lishi zarur. 
O‟qituvchi shaxsining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning 
o‟quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o‟rtasida obro‟-e‟tibor qozonishini 
ta‟minlaydi.
 
Ustoz! Shu birgina so`z zamirida olam-olam ma'no va hurmat mujassam.
O`qituvchi-sofdil, kamtarin, ma'naviy boy, ahloqan pok insondir. Ularning poyiga 
guldastalar sochsak, doimo hurmatlarini ado etib, ardoqlasak arziydi. Chunki ustozlar butun 
kuchlarini, aql-idroklarini, bilim va zehnlarini, qalb qo`riyu sehrlarini shogirdlariga baxshida 
etgan zahmatkashlardir. Ular bizlarga oq-qorani, yaxshiyu-yomonni tanitib, qo`llarimizga ilk bor 
qalam tutqazib, "Ota", "Ona", "Vatan", "Ezgulik", "Baxt", "Saodat" kabi so`zlarni yozishga 
o`rgatgan buyuk zotlardir.
Donolarning aytishicha, elni ma'rifat asraydi. U elni taraqqiy ettirib, ezgu niyati, orzu-umidiga 
yetkazadi. Demak, ustozlarning zimmasida kelajagi buyuk davlat uchun komil, har tomonlama 


17 
barkamol, ma'naviy va axloqiy pok vatanparvar, mehnatsevar insonlarni yetkazib berishdek, 
yuksak vazifa turibdi.
O`qituvchi zimmasiga hayot talablariga to`la javob beradigan va o`z zamoniga munosib 
kishilarni tarbiyalashdek ma'suliyatli vazifa yuklatilgan. Quyosh o`z nuri bilan butun tabiat, 
borlig`ni jonlantirgani kabi, o`qituvchi, murabbiy ham bor mahorati, ilmi bilan o`quvchi-yoshlar 
qalbini ilm ziyosi bilan to`ldirishga ahd qilgan buyuk kasb egasidir.
Qiyos etgim keladi ustozlarim quyoshga, 
O`z mehrini-nurini baxsh etadi har yoshga 
Hayotning go`zalligi, farovonligi, odobligi, qolaversa,istiqlolimizning ravnaqi muallim 
mehnati bilandir. 
Jahonda bo`lmasa muallim agar, 
Hayot ham bo`lmasdi go`zal bu qadar. 
Istiqlol egalari bo`lmish yosh avlodni bilimli, savodxon, ma'naviy barkamol va jismonan 
sog`lom qilib voyaga yetkazishda o`qituvchi-murabbiylarning qissasi benixoya kattadir. Ular 
berayotgan puxta bilim va ibratli tarbiya katta hayot ostonasida turgan o`g`il-qizlarning 
vatanparvar hamda hayotda chin inson bo`lishlari, Vatanimizga, xalqimizga fidoiy va halol 
xizmat qiladigan insonlar bo`lib yetishishiga zamin bo`lib xizmat qiladi.
O`qituvchilik-ma'suliyatli va mashaqqatli kasb, og`ir va davomli mehnatni, sabr-toqatni 
talab qiladigan savobli ish. Insoniyat kamoloti uchun bugun bilimi, iqtidori va hayotini baxsh 
etgan ustozlarning xizmatlarini hamma zamonlarda ham kishilar qurmatlab, o`zlarini esa e'zozlab 
kelishgan. O`z davrining mashhur pedagogi Abdulla Avloniy "Har bir millatning saodati, 
davlatlarning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog`liqdir", deb yozgan edi. "Ustoz-
otangdek ulug`", degan hikmatda olam-olam ma'no bor. Hatto otani quyoshga qiyos etamiz, 
ko`klarga ko`tarib maqtaymiz. Ammo otaday ulug` deb nisbat beriluvchi inson bor, bu-ustozdir! 
haqiqatdan, ota-ona seni voyaga yetkazadi, ustoz esa unib-o`sishing, kamolatga erishishing, ilm-
ma'rifat cho`qqilarini zabt etishinga ko`maklashadi. O`z umrini, qalb qo`rini, aql-idrokini, 
tajribasi va bilimini sening yo`lingga sarf etadi. Yutug`ingni ko`rib quvonadi, 
muvaffaqiyatsizligingdan ham-andux chekadi. O`qituvchi bog`bonga o`xshaydi. U tarbiyalab 
o`stirgan nihollarning hosili qanchadan-qancha avlodlarni bahramand qiladi. O`qituvchi va 
murabbiylarning ma'suliyatli, ammo sharafli kasblarini bir mash'alaga qiyos etish mumkin. 
Respublikamiz hukumati xalq ta`limi sohasida o`rtaga qo`yayotgan vazifalarni bajarish 
ko`p jihatdan o`qituvchilikka bog‟liq. Yangi iqtisodiy siyosatga o`tish sharoitida ta`lim-
tarbiyadan ko`zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o`quvchilarning xilma-xil faoliyatini 
uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e`tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson qilib o`stirish 
o`qituvchi zimmasiga yuklatilgan. 
O`zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash sifatini 
oshirishga katta hissa qo`shayotgan ijodkor o`qituvchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Ayniqsa, 
islohotlar davrida bunday murabbiylar el-yurtga tanilmoqda. Har yili eng yaxshi o`qituvchini 
aniqlash uchun o`tkazilayotgan maktab ko`riklari, tuman, viloyat, Respublika tanlovlari ana shu 
yutuqlarga omil bo`lmoqda. Maktablarda «metodist o`qituvchi», «katta o`qituvchi», 
«O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan o`qituvchi» unvonlariga sazovor bo`lgan o`qituvchilar soni 
tobora ko`paymoqda. 
Xalqimizning kelajagi, mustaqil O`zbekistonning istiqboli ko`p jihatdan o`qituvchiga, 
uning saviyasiga, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash ishiga bo`lgan 
munosabatiga bog‟liq. 
So`nggi yillarda pedagogika institutlarida, universitet-larda, pedagogika bilim yurtlarida 
o`qituvchilar tayyorlashni yaxshilashga qaratilgan ko`pgina ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, 
bo`lajak o`qituvchilarning kasbiy tayyorligini kuchaytirish, ixtisosga doir fanlarni chuqur 
o`rgatish va pedagogik mahoratni egallash, nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llashga o`rgatish 


18 
masalalariga e`tibor kuchaydi. Shunindek, bo`lajak o`qituvchilarga pedagogika, ruhshunoslik, 
usuliyotga doir fanlarni o`rgatish ko`lami yanada kengaydi. Pedagogika oliy o`quv yurtlarida bir 
qancha ixtisosliklar bo`yicha besh yillik o`quv rejalari joriy etildi. 
Uzluksiz pedagogik ta`lim g‟oyalari amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan 
o`qituvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishi davlat va jamoatchilikning 
diqqat markaziga bo`ladi. Bu tadbirlar universitet va pedagogika institutlarining maxsus 
fakul‟tetlarida, malaka oshirish institutlarida amalga oshirilmoqda. O`qituvchilarni falsafiy 
jihatdan keng fikrlovchi, mulohazali bo`lishlariga e`tibor berilayotir. Sinfiy, tarbiyaviy 
qarashlarning biryoqlamaligidan, ayrim shaxs va guruhlar manfaatidan umuminsoniy qadriyatlar 
ustun turishi ta`kidlanmoqda. 
O`zbekiston hukumati maktab o`qituvchilarining haftalik o`quv ishlari hajmini 
kamaytirdi, maoshini oshirdi. O`quvchilarning daftarlarini tekshirgani uchun, shuningdek, «Xalq 
o`qituvchisi», «Xizmat ko`rsatgan o`qituvchi», «Metodist-o`qituvchi»larga va ilmiy darajasi bor 
o`qituvchilarga qo`shimcha haq to`lash joriy etildi. Pedagogika o`quv yurtlarida ta`lim olayotgan 
talabalarning stipediyalari oshirildi, ovqatlanishi uchun, shaxsiy uylarda yashagani uchun ularga 
qo`shimcha po`l to`lanadi. 
O`qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Yaxshi o`qituvchi bo`lish uchun 
pedagogik nazariyani egallashning o`zigina etarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni 
o`qitish va tarbiyalash umumiy qonun-qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g‟oyalar bayon etildi. 
O`quvchilarning yosh, individual xususiyatlarini e`tiborga olish ta`kidlanadi. Maktab hayoti, 
amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma-xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan 
vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o`qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, 
yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi. 
Shuning uchun ham mustaqil O`zbekiston davlatining umumiy ta`lim maktabida 
ishlaydigan o`qituvchi: 
-pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon; 
-milliy, madaniy va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal 
egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor, ma`naviy barkamol; 
-O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etilishiga ishonadigan, vatanparvarlik 
burchini to`g‟ri anglagan, e`tiqodli fuqaro; 
-ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik bilim va mahorati, shuningdek, nazariy 
ilmlarni mukammal egallagan; 
-o`qituvchilik kasbini va bolalarni yaxshi ko`radigan, har bir o`quvchisi ulg‟ayib yaxshi 
odam bo`lishiga chin ko`ngildan ishonadigan, ularning shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida 
kamol topishiga ko`maklashadigan; 
-erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli bo`lmog‟i darkor. 
O`qituvchining ko`p qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni barkamol shaxs 
sifatida tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar yotadi. 
Bularni amalga oshirish esa o`qituvchining xilma-xil faoliyatiga bog‟liq: bolalarni o`qitish, 
darsdan va ta`lim muassasalaridan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil eta bilish va o`tkazish, ota-
onalar va jamoatchilik o`rtasida pedagogik targ‟ibot ishlarini olib borish va hokazo. Bularning 
hammasi o`qituvchidan chuqur bilimga ega bo`lishni, o`z sohasini, o`quvchilarni sevishni talab 
qiladi. 
Ta`lim muassasalarida ta`lim va tarbiya ishlarini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi 
shaxs, bu - o`qituvchi. Yaxshi o`qituvchi bo`lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o`zi 
etarli emas. Chunki pedagogik nazariya bolalarni o`qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun-
qoidalar umumlashtirilgan uslubiy g‟oyalarni ilgari suradi. Biroq ta`lim berish jarayonida 
pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar ham uchrab turadiki, ularning oqilona 
echimini topish uchun o`qituvchidan bilimdonlik, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pedagogik 
mahorat va ijodkorlik talab qilinadi. 
O`qituvchi oldida turgan asosiy vazifalar 
O`zbekiston davlatining umumiy ta`lim muassasalarida ishlaydigan o`qituvchi: 


19 

pedagogik qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon; 

milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal 
egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor, ma`naviy barkamol shaxs; 

O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan, vatanparvarlik 
burchini to`g‟ri anglagan, e`tiqodli fuqaro; 

ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik bilim va mahoratni, shuningdek, nazariy 
ilmlarni mukammal egallagan mutaxassis; 

o`qituvchilik kasbiga mehr qo`ygan, bolalarni yaxshi ko`radigan, har bir o`quvchisi 
ulg‟ayib, yaxshi odam bo`lishiga chin ko`ngildan ishonadigan, uning shaxs sifatida rivojlanib, 
inson sifatida kamol topishiga ko`maklashadigan murabbiy; 

erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli kasb egasi bo`lmog‟i darkor. 
O`qituvchi yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob 
beradigan, o`quvchilarga ta`lim-tarbiya berishga maxsus tayyorgarlik ko`rgan, kasbiga muvofiq 
pedagogik faoliyat bilan shug‟ullanayotgan insondir. Bu erda «kasbiga muvofiq» jumlasiga 
e`tibor berish lozim, chunki nokasbiy pedagogik faoliyat bilan deyarli barcha odamlar 
shug‟ullanadi, ammo faqat o`qituvchigina qachon, qaerda, qanday tarbiya berish kerakligini 
biladi va bu tarbiyaning samarali usullaridan foydalanish hamda pedagogik qoidalarga mos holda 
olib borishni uddalay oladi, o`z kasbiy burchini bajarish uchun belgilangan tartibda mas`uliyatni 
sezgan holda mehnat qiladi. 
O`qituvchilik ishi - inson faoliyatining eng murakkab turlaridan biridir. O`quvchilarni 
tarbiyalashda ularning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, o`rganish nihoyatda murakkab. 
Bunda odamlar o`rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligini o`zida aks ettiruvchi 
maxsus usullardan foydalaniladi. Ammo odamlarning aksariyat qismi o`qituvchilik kasbidan 
chuqur xabardor emas va pedagogik faoliyatning tashqi belgilari bo`yichagina fikr yuritadi. Agar 
savolni: «O`qituvchining boshqa kasbdagilardan nima farqi bor?», - deb bersak, ko`p narsa 
oydinlashadi. O`qituvchilik faqatgina fanni bilgan kishining vazifasi emas, u pedagogik 
faoliyatni ham eplay olishi kerak. 
Albatta, matematikani o`rgatish faqat matematikani biladigan odamning qo`lidan keladi. 
Lekin tarbiyalashni bilmagan bilimli matematiklar hech narsaga yaramaydigan o`qituvchi bo`lib 
chiqadilar. «O`qituvchi o`zi nima ish qiladi? Uning pedagogik vazifalarini qanday so`zlar bilan 
ifodalash mumkin?», degan savolga javob topishga harakat qilamiz. 

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish