O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Merkantilistlarning nazariy hissasi



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/264
Sana13.02.2022
Hajmi4,56 Mb.
#447083
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   264
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI566[1]

 
Merkantilistlarning nazariy hissasi 
Iqtisodiyot nazariyasi tarixchilari merkantilizmni o‗rganib, 1660-
1776-yillar oralig‗ida iqtisodiy tahlil ham miqdoran, ham sifat jihatdan 
mukammallashganini aniqladilar. 
Ehtimol merkantilistlarning eng katta muvaffaqiyati iqtisodiyotni 
tahlil qilish mumkinligini anglab yetishganidadir. Bunday o‗zgarish 
o‗sha davrda mashhur bo‗lgan fizika fanlaridan inson tabiatini 
o‗rganuvchi ijtimoiy fanlarga o‗tishni aks ettirar edi. Bu o‗tish Isaak 
Nyuton (1642-1727) davridan keyin o‗zining yuqori cho‗qqisiga chiqdi, 
uning ta‘siri esa hozir ham seziladi. Sxolastlarning axloqiy tahlili o‗rnini 
sabab va natija tahlillarining egallashi o‗tmishdagi usullar to‗xtatildi, 
degani emas, albatta, chunki ayrim sxolastlar mantiqiy tahlildan 
foydalanishar edi va axloqiylashtirish hozirgi zamonaviy adabiyotlarda 
ham mavjud. Lekin fizika fani qonunlarini kashf etgan metodologiyalar 
bilan iqtisodiy qonunlarni kashf qilish mumkinligini anglash iqtisodiyot 
nazariyasini rivojlantirishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. 
Ko‗pchilik merkantilistlar iqtisodiyotda ko‗plab mexanik sabablarni 
ko‗rishgan va ushbu qonunlarni bilgan odam iqtisodiyotni nazorat qilishi 
mumkin, deb ishonishgan. Shuning uchun aql bilan qabul qilingan 
qonunlar iqtisodiy jarayonlarga ijobiy ta‘sir qilishi mumkin va iqtisodiy 
tahlil berilgan natijaga erishish uchun qanday shakldagi davlat 
aralashuvi kerak ekanligini ko‗rsatadi. Merkantilistlar davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvi tasodifiy bo‗lmasligi, talab va taklif qonunlari 
kabi asosiy iqtisodiy haqiqatlarni chalkashtirmasligi lozim, deb 
tushunishgan. Keyingi merkantilistlar iqtisodiy faoliyatni rag‗bat-
lantirishda iqtisodiy odam va foyda tushunchalarini tez-tez qo‗llay 
boshladilar. Davlat insonlarning tabiatini, ayniqsa, ularning egoistik 
harakatlarini o‗zgartira olmaydi, deb hisoblaganlar. Siyosatchilar 
insonning bu xususiyatini qanday bo‗lsa shundayligicha qabul qilib, bu 
xususiyatlarni millatning farovonligi uchun safarbar qiladigan qonun va 
institutlarni shakllantiradilar.
Keyingi merkantilistlar o‗zlaridan oldingi g‗oyadoshlari yo‗l 
qo‗ygan xato va kamchiliklarini anglab yetganliklarini quyidagi misolda 


84 
ko‗ramiz. Masalan, ular pul boylik o‗lchovi emasligini, barcha davlatlar 
bir vaqtning o‗zida ijobiy savdo balansiga ega bolishi mumkin 
emasligini, uzoq vaqt mobaynida hech bir davlat ijobiy savdo balansini 
ushlab turishi mumkin emasligini, savdo har ikki davlatga ham foydali 
bo‗lishi va ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti davlatlarga ustunlik 
keltirishi 
mumkinligini 
tushunishgan. 
Davlatning 
iqtisodiyotga 
aralashuvini kamaytirishni taklif etgan olimlar soni tobora oshib borar, 
shu tariqa ko‗pgina adabiyotlarda klassik liberalizm g‗oyalari 
boshlanayotgan edi. 
Biroq klassiklardan oldingi hech bir iqtisodchi bozor iqtisodiyoti 
ishlashini, ya‘ni narxlar qanday shakllanishi va cheklangan resurslar 
qanday taqsimlanishini bir-biriga bog‗langan yagona qarash sifatida 
shakllantira olmadi. A.Smit merkantilistlar yetisha olmagan tushun-
chalarni anglab yetdi. Merkantilistlar shaxsiy manfaat va xalq 
farovonligi o‗rtasida qarama-qarshilik mavjud, deb hisoblashgan. 
Shuning uchun ularning fikricha, davlat shaxsiy manfaatni xalq 
farovonligi tomon yo‗naltirishi kerak. Klassik iqtisodchilar esa tizimda 
tabiiy uyg‗unlik borligiga ishonishgan va xalq farovonligi tabiiy 
ravishda shaxsiy manfaatdan kelib chiqadi, deb hisoblashgan.
15

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish