296
qiyosiy ustunlik mavjud emas. Har bir mamlakatda
muqobil xarajatlar
bir xil – bir metr matoning muqobil xarajatlari 2 litr vinonikiga teng va
vinoning muqobil xarajatlari 1/2 metr matonikiga teng. Boshqacha qilib
ayganda, har bir mamlakatda mazkur ikki tovarning nisbiy narxlari bir
xil – 2 litr vino 1 metr matoga teng (mato narxini vinoning narxiga
bo‗lamiz, 2 chiqadi). Qachonki, muqobil xarajatlar bir xil bo‗lsa, hech
bir mamlakatda qiyosiy ustunlik bo‗lmaydi va savdo hech bir mamlakat
uchun ham samarali bo‗lmaydi.
Rikardo mamlakatlar o‗rtasida muqobil
xarajatlar farqlanganida
savdo samarali bo‗lishini asoslab berdi, lekin u muammoning boshqa
jihatini ko‗rib chiqmadi. Vino va matoga qanday xalqaro narxlar
o‗rnatiladi hamda savdodan olingan foyda mamlakatlar o‗rtasida qanday
taqsimlanadi? Rikardo foydalangan misolida
xalqaro savdoda mato va
vinoning ayirboshlash narxi har bir mamlakat uchun qulay bo‗lgan
o‗rtacha narxlar nuqtasida hisoblanadi, deb faraz qilgan: shunday qilib
savdodan kelgan foyda bu ikki mamlakat o‗rtasida bir tekisda
taqsimlanadi. Torrens ham bu muammoni xuddi shunday ko‗rib chiqdi,
lekin J.Mill mazkur muammoni to‗g‗ri
hal qildi, u savdoning shartlari
yoki xalqaro narxlar savdo qiluvchi mamlakatlardagi ushbu tovarlarga
bo‗lgan talab hajmiga bog‗liq bo‗ladi, degan xulosaga keldi.
Rikardoning qiyosiy ustunlik nazariyasida nafaqat nazariy g‗oyalar,
balki bundan kelib chiquvchi muhim siyosiy iqtisodiy oqibatlar ham
atroflicha o‗rganilgan. Agar biz ikki
mamlakatning tovar ishlab
chiqarishining sodda modelini ko‗plab tovar ishlab chiqarish modeliga
almashtirsak, qiyosiy ustunlik nazariyasi bo‗yicha muqobil xarajatlarda
mamlakatlar o‗rtasida tafovut paydo bo‗ladi hamda ushbu mamlakatlar
xalqaro savdosida ijobiy foydaga erishadi.
Hukumatning xalqaro savdoga aralashishiga qarshi bo‗lgan
klassik
qarash avvalambor Smit tomonidan oldinga surilgan bo‗lsa, keyin bu
qarashni Rikardo yetarli darajagacha kengaytirdi. Chet mamlakatlarga
tovarlar
chiqishiga
to‗sqinlik
qiluvchi
Angliya
qonunlarining
o‗rnatilishi, don savdosi bo‗yicha chiqarilgan qonunlar asosida
daromadlarning kapital egalaridan yer egalariga
qayta taqsimlanishi
nafaqat Angliyadagi iqtisodiy o‗sish sur‘atlarining pasayishiga, balki
297
hamma mamlakatlardagi o‗rtacha statistik yashovchi insonlarning ham
farovonligining pasayishiga olib keldi.
Qiyosiy ustunlik nazariyasi
tomonidan oldinga surilgan farazga ko‗ra tariflarning og‗irligi xorijiy
subyektlar zimmasiga tushadi, degan xato fikr keng tarqalgan edi.
14.4. jadval
Do'stlaringiz bilan baham: