Qiyosiy ustunlik Xalqaro savdoga doir qiyosiy ustunlik nazariyasi Rikardoning
naqadar donishmand ekanligini namoyon etdi. Mazkur nazariya orqali u
erkin savdoning shart-sharoitlarini yengillashtirdi, Adam Smitning
xalqaro chegaralardan tovarlar o‗tishidan olinadigan samara tahlilini
kengaytirdi. Agar A mamlakati B mamlakatiga nisbatan arzonroq tovar
ishlab chiqarsa, B mamlakati esa boshqa tovarni A mamlakatga
qaraganda arzonroq ishlab chiqarsa, ikkala mamlakat ham hududiy
ixtisoslashuv va savdo orqali samara olishi mumkin.
Xalqaro savdo terminologiyasi bilan aytganda, agar bir mamlakat
biron-bir tovarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo‗lsa,
boshqa mamlakat esa boshqa tovarni ishlab chiqarishda mutlaq
ustunlikkga ega bo‗lsa, ularning har biri tovar ixtisoslashuvi orqali
boshqalarga qaraganda arzon narxda ishlab chiqarib, samara olishlari
mumkin. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixchilari qiyosiy ustunlik nazariyasi
asoschisining nomini aytishda bir to‗xtamga kelganlari yo‗q. Asosiy
nomzodlar ichida Rikardo, Robert Torrens (1780- 1864) va Djeyms Mill
292
(1773-1836)lar joy olganlar. Qanday bo‗lmasin bu Rikardoning keyingi
iqtisodiy ta‘limotlarga ta‘sir ko‗rsatgan qarashlaridan biri edi.